Ultimate magazine theme for WordPress.

2016 yil 1 chorak davomida olib borilgan ishlari to’g‘risida hisobot

Navoiy viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan viloyat xududida atrof muhitni tiklash va tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish, tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha olib borilgan taxlillarga kura viloyatdagi ekologik axvol quyidagicha bo‘ldi:

Viloyat tekshirishlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish rejaga asosan qo‘mita tomonidan 2016 yilning 1 choragidavomida 11 (5) ta korxona, tashkilot va xususiy korxonalarda nazorat ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda tekshirilgan obyektlar soni 11 tani tashkil etadi.

O‘tkazilgan tekshirishlarda 100% samaradorlikka erishildi. (5-shakl ilova qilinadi).

2016 yil 1 choragi davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida tekshirishlar o‘tkazilmadi.

2016 yil 1 chorak davomida 2 (4) marotaba berilgan talabnomalarni ajarilishi yuzasidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazildi.

Tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan berilgantalabnomalar 293 ta (187) bo‘lib, shulardan210 tasi (160) bajarildi, 83 tasining (27) bajarilishmuddati to‘lmagan.

Jami 2016 yil 1 choragi davomida olib borilgan rejali hamda reyd tekshirishlari natijasida jami 235 ta (217 ta) shaxsga nisbatan 37 140.101 ming so‘m (30 832.923ming so‘m) jarima belgilanib,28 698,800 ming so‘m (42 103,017 ming so‘m) ya’ni, 77,2 % ga undirib olindi.

Navoiy viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2016 yil 1 choragi davomida byudjet tashkilotlarni tekshirish reja-jadvaliga asosan 82 (60) ta tashkilotda tekshirish rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 82 ta byudjet tashkilotlarda tekshirish o‘tkazildi.

Viloyatda o‘tkazilgan reydlar bo‘yicha 2016 yil 1-choragidavomida 109 (145) ta qonunbuzar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning tegishli moddalariga asosan jami 13175,941 (16013,589) ming so‘m miqdorida jarima belgilandi va 10091,62 (15082,773) ming so‘m undirib olindi. Tabiatiga yetkazgan zarari uchun 43 (50) nafar fuqaroga 30202,756 (18888,648) ming so‘m miqdoridatovon puli talab qilindi va 20876,269 (18888,648) ming so‘mi undirildi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashning 2009 yil 6 martdagi 1-sonli majlis bayonining 11-bandiga asosan 2016 yil 1 choragi davomida 31 (29) marotaba seminarlar o‘tkazilgan, 65 (61) marta ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilingan, 3 marta hokimliklarda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da qatnashildi, “Ishonch telefonlar”ga fuqarolar tomonidan 10 (9) marta murojaatlar qilingan va murojaatlariga javob qaytarilgan.

Kengashning 2005 yil 15-oktyabrdagi 4-sonli yig‘ilish bayonining 8-bandiga asosan, qo‘mita tomonidan “Korxonalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni” tekshirish yo‘li bilan emas, balki ularni bartaraf etish uchun 2016 yil 1 choragi davomida tekshirish o‘tkazilgan 11 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 82 ta byudjet tashkilotlarda hamda 86 ta korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklarida O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuntalablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi asosida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, dastur asosida korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Viloyat, shahar va tumanlardagi maktablarda, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus kasb hunar kollejlari hamda litseylarda,korxona, tashkilot va muassasalarda Navoiy viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, shahar va tuman inspeksiyalari xodimlari bilan hamkorlikda“Ekologiya va men”, “Sog‘lom turmush yoshlar kelajagi”, “Tabiatga mening mehrim o‘zgacha”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Suvli va botqoqli hududlarning bugungi kundagi ahvoli”, “Tabiat bizning do‘stimiz”, “Tomchi suvda hayot jilvasi”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim (BTT) Konsepsiyasini targ‘ib qilishda ta’lim muassasalarining o‘rni”, “Flora va fauna dunyosini asraylik”, “Har bir yoshga bir nihol”, va boshqa bir nechta mavzularda davra suhbatlari, seminarlar, uchrashuvlar tashkil etilib o‘tkazildi. Shuningdek qo‘mita xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ekologiya va Tabiatni asrash mavzularida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib keng jamoatchilikga yetqazilmoqda.

Nazorat kiluvchi organlar faoliyatini muvofiklashtiruvchi Respublika Kengashining kengaytirilgan yigilishining 2005 yil 28 dekabrdagi 6-sonli bayonnoma karorining 12-bandiga asosan 2016 yil 1 chorak davomida 120 (109) marotabatabiatqonunchiligibuzilganligianiqlandi.

Sohalar bo‘yicha: 7 (12) tasi ovchilikqoidalari, 36 (27) tasibaliqchilikqoidalari, 46 (35)tasi o‘simlikdunyosidanfoydalanishqoidalari, 31 (18) tasi ko‘p qavatli uylarning tomlarida noqonuniy ravishda ochiq alanga oldirib bitum eritilishi bo‘yicha, 0 (0) tasi daraxt bargi xazonlarini yoqilishi bo‘yichadir.

Aniqlangan qonunbuzarliklarga jami 14673,701 (13220,482) ming so‘m miqdorida jarima solingan, jumladan ovchilikbo‘yicha 781,440 (1420.8) ming so‘m, baliqchilikzahirasi bo‘yicha5079.360 (6275.2) so‘m, o‘simlik dunyosini asrash bo‘yicha 4254,501 (3259,943) so‘m, ko‘p qavatli uylarning tomlarida noqonuniy ravishda ochiq alanga oldirib bitum eritilishi bo‘yicha 4558,4 (2264,539) ming so‘m.

Viloyat tabiatiga yetkazgan zarari uchun 43 (50) nafar fuqaroga 30202,756 (18888,648) so‘m miqdoridatovon pulisolingan, jumladan ovchilik qoidalari bo‘yicha 1 (2) nafar fuqaroga 4297,920 (2368,0) so‘m miqdorida, baliqchilik zahirasi bo‘yicha3 (5) nafar fuqaroga 8153,024 (1858,88) so‘m miqdorida, o‘simlik dunyosini asrash bo‘yicha39 (43) nafar fuqaroga 17751,812 (14661,8) so‘m miqdorida solindi va 16539,277 (18888,648) ming so‘mi undirildi.

2016 yil 1 davomida 52 (119) ta sentitek to‘r olinib musodara qilindi va 6 (12) ta ov quroli qonunbuzarlardan olindi va jarima to‘langandan keyin egalariga qaytarildi.

Respublika Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Hay’at yig‘ilishi qarorlarini bajarilishi bo‘yicha tegishli chora tadbirlar tuzilib, belgilangan muddatlarda qo‘mitaga qarorlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib borilmoqda.

2016 yil 1 choragi davomida Navoiy viloyatidagi 15 ta korxona va tashkilotlarida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha jami 204 ta tadbirlarning bajarilishi rejalashtirilgan. Yillik jami tadbirlarning bajarilishiga 30 116 377 (28 853 021) ming so‘m sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan:

suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha – 64 ta;

atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha –75 ta;

yer resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha – 43 ta;

sanoat va xo‘jalik chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha – 18 ta;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha – 4 ta.

Haqiqatda 2016 yilning 1 choragidavomida jami 204 (130) ta tadbirlarning bajarilishi davom ettirilib, 6 535 423.828 (5690841) ming so‘m sarflangan, shundan:

suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha – 30ta;

atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha – 39 ta;

yer resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha – 27 ta;

sanoat va xo‘jalik chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha – 10 ta.

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha – 4 ta.

Tadbirlarning bajarilishi natijasida kuyidagi samaradorliklarga erishildi:

2016 yilning1 choragi davomidakorxonalar tomonidan suvdan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan tadbirlarni amalda bajarilishi bo‘yicha;

Zarafshon shahar Markaziy kon boshqarmasi tomonidan GMZ-3 zavodiga 2600(920,0) ming m3, NTMK ning “Potok mahsulot” yordamchi xo‘jaligiga 3469 (240) ming m3, SKVZga 2000 (260,0) ming m3 tozalangan oqava suvlar qayta ishlatishga yo‘naltirilgan.

Uchquduq shahar hududidagi oqova suv tozalash inshootidan 1898160 (600109) m3 biologik tozalangan oqova suvlar GMZ-3 zavodiga qayta foydalanish uchun, 210 ming (10077)m3 tozalangan oqavalar sug‘orishga yo‘naltiriladi.

Navoiy Tog‘ metallurgiya Kombinatiga qarashli 5-Kon boshqarmasida 7 (4) dona yer osti quduqlari qazildi.

Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 506,62 tonnaga kamaydi.

Jumladan, NTMKidagiatmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 350,4 tonnagakamaygan.

Navoiazot AJidagiatmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 42,32 tonnagakamaygan.

Qizilqumsement AJ dagi atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 102,4 tonnaga kamaydi.

NIES AJ dagi atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 11,5 tonnaga kamaydi.

Yer boyliklarini muhofaza qilish sohasi bo‘yicha 2016 yilning 1 choragidavomidayer manbalarini muhofaza qilish tadbirlari bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilgan: jumladan NTMKda 15 ga yerlarda rekultivatsiya ishlari olib borilmoqda. 1500,0 pmdan ortiq trubalar demontaj qilingan, Qizilqumsement AJda 24000 kv.m yerlarda chiqindilardan tozalash tekislangan va chang bostirish ishlari amalga oshirilgan. NTMQda 20 ming tn chiqindi chiqarilgan, NTMKning 1-GMZda inert massa ekrani qurish uchun jami 1381 ming tonna xajmdagi tuproq yotqizilgan.

Qizilqumsement AJ tomonidan 20500 ta, NTMK tomanidan 12283ta daraxt va gul ko‘chatlari ekilgan.

Konchilik ishlari va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha tadbirlarni bajarilishi natijasida2016 yil 1 chorak davomida 21 ta tadbirlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, belgilangan tadbirlarningbajarilishiga jami2 484 605 ming so‘m pul mablag‘lari sarflandi.

Ushbutadbirlarni bajarilishinatijasida2016 yil 1 chorak yakuni bilan 4 734dona tarkibida simob moddasi bo‘lgan xar xilmarkadagiyaroqsiz lyuminitsiyent lampalar demerkurizatsiyalashtirildi, 2,23 mln/tonnaxar xil ishlab chiqarish vamaishiyxo‘jalikchiqindilaribelgilanganjoylargajoylashtirildi, hamda 320 dan ortiq vaqtincha chiqindilarni saqlash konteynerlarini eskilari ta’mirlandi va 45 dona yangi muxsuskonteynerlario‘rnatildi.Shuningdek 3,08 ming tonnaustki qatlamtog‘jinslaridaniborat bo‘lganchiqindilarqurilishxomashyosisifatidaqaytafoydalanildi.

2013-2017 yillarga mo‘ljallangan Atrof muhitni muhofaza qilish hududiy dasturi ishlab chiqilib, Tadbirlarni bajarilishiga sarflanishi rejalashtirilgan umumiy summa 106 816 094 ming so‘mni tashkil etib, xaqiqatda 2013-2016 yil 1-chorakda 121 336 567,092 ming so‘m sarflandi, shu jumladan, Respublika byudjetidan 1 016 450,0 ming so‘m, MJB mablag‘lari hisobidan 76 744,0 ming so‘m, vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar va nodavlat yuridik shaxslar (ixtiyoriy ravishda) mablag‘lari hisobidan 120 229 019,292 ming so‘mni tashkil etadi.

Jumladan, GMZ-1 zavodining oldingi faoliyatida hosil bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari 120 gektar joyga 2013 yilda 1250 ming tonna 2014 yilda 1381 ming tonna joylashtirildi, 2015 yil 342,0 mingtonna va 2016 yilni 1-choragida inert massa yotqizish ishlari olib borildi. 2014 yil davomida 4279 ta transport vositasi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3148 tasi siqilgan gaz, 1131 tasi suyultirilgan neft gazi. Natijada atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 1948 tnga kamaydi. 2013 yil davomida 3192 ta transport vositasi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 1778 tasi siqilgan gaz, 1414 tasi suyultirilgan neft gazi. Natijada atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 1670 tnga kamaydi. 2015 yil 220 ta transport vositasi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 125 tasi siqilgan gaz, 95 tasi suyultirilgan neft gazi. Natijada atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori36 tnga kamaydi.2016 yil 1 chorak davomida315 000 000 so‘m sarflanib, 370 ta transport vositasi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 140 tasi siqilgan gaz, 230 tasi suyultirilgan neft gazi. Natijada atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori65 tnga kamaydi. Navbahor tumani Qalqonota sh/x “Osiyo” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi hamkorligida 4 gektar yerga 650 ta pista ko‘chati ekildi. 2014 yil qurigan tutmagan ko‘chatlar o‘rniga yana 218 ta ko‘chatlar qayta ekildi.Jami 2014 yilda jami 8409 gektar maydonga saksovul qo‘chatlari ekilgan, shundan 3340 ga ko‘chatdan, 1260 ga urug‘dan va tabiiy tiklanishga ko‘mak berishga 3809ga. Jami 2015 yil 1 chorakda jami 2045 gektar maydonga saksovul qo‘chatlari ekilgan, shundan 795 ga ko‘chatdan, 750 ga urug‘dan va tabiiy tiklanishga ko‘mak berishga 500ga, 2013 yilda jami 2600 gektar maydonga saksovul qo‘chatlari ekilgan, shundan 1600 ga ko‘chatdan, 400 ga urug‘dan va tabiiy tiklanishga ko‘mak berishga 600 ga., 2016 yil 1 chorakda jami 86 040 000 so‘m sarflanib, 2115 gektar maydonga saksovul qo‘chatlari ekildi, shundan 200 ga ko‘chatdan, 300 ga urug‘dan ekilgan.

2013 yilda 385 gektar 2014 yilda 252,3 gektar maydonlar rekultivatsiya qilindi, 2015 yil235 gektarva 2016 yil 1 chorakda15 gektar yerlarda yerlarda rekultivatsiya ishlari olib borildi. 2014 yil davomida NTMK tomonidan 40911 dona, Navoiyazot AJ tomonidan 15712 dona, 2013 yil davomida NTMK tomonidan 40300 dona, Navoiyazot AJ tomonidan 24850 dona yoritgichlar demerkurizatsiya qilindi, 2015 yil. NTMK tomonidan 41250 dona lampa, Navoiyazot AJ tomonidan 8000 dona va 2016 yil 1- chorakdaNTMK tomonidan 1000 dona lampa, Navoiyazot AJ tomonidan 3 743 donayoritgichlar demerkurizatsiya qilindi.

2014 yilda NGRES AJ tomonidan 57190,0 tn, 2013 yilda 65986,6 tn chiqindi chiqarildi. 2015 yilda2-hovuzdan 11655.0 tn quyqa shlamlar maxsus transportlar bilan chiqarildi. 1-hovuz ish holatida

Navoiy viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining viloyat Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijasida viloyatda mavjud korxona va tashkilotlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiatga yetkazilgan zararni hisobotlarini yuritilishini nazorat qilish maqsadida quyidagi statistik hisobotlar topshirilishi rejalashtirilgan:

2-Ekologiya – 38;

3-Ekologiya – 34;

4-ekologiya – 38;

1-KB – 99;

1-Ekologiya –5;

7-Ekologiya – 1;

2-Invest – 3

2016 yilning 1-choragida quyidagi statistik hisobotlar Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda qabul qilindi:

2-Ekologiya – 38;

3-Ekologiya – 34;

4-ekologiya – 38;

1-KB – 99;

1-Ekologiya –5;

7-Ekologiya – 1;

2-Invest – 3

ANII tomonidan2016 yilning 1-choragida 210 ta(o‘tgan yilning shu davrida — 163 ta) statsionar manbalardan tashlanayotgan zararli moddalar miqdori analitik tahlil qilindi, manbalardan tashlanayotgan zararli moddalar miqdori belgilangan me’yordan yuqoriligi aniqlanmadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining6 fevralidagi 15 – sonli qarori asosida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2006 yil 4 yanvardagi 6-sonli yig‘ilishi bayonnomasining 12-bandi va ushbu qarorga asosan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2006 yil 19 sentyabrdagi 90-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadidareyd tekshirishlari o‘tkazildi. Jihozlanmagan bitum eritish uskunalaridan foydalanganligi hamda yaroqsiz qurilish materiallarini ochiq alangada yoqqanligi uchun 31 taqonunbuzarlik holati aniqlandi, qonunbuzar shaxslarga nisbatan4558,400 mingso‘m jarima solindi va 2751,980 ming so‘m undirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 247 – sonli “Tarkibida ozon qatlamini buzuvchi moddalari bo‘lgan mahsulotlarni Respublika hududiga olib kirish va olib chiqish to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha viloyat hududiga mahsulot olib kirish uchun 2016 yilning 1-choragida 6 ta buyurtma tushgan bo‘lib, shundan 1 tasiga ruxsatnoma rasmiylashtirildi, 5 ta buyurtmada ko‘rsatilgan mahsulotlar tarkibida ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘lmaganligi uchun xat orqali javob berildi.

2016 yilning1-choragida 5 ta korxona va tashkilotlarda Respublika tekshiruvchi organlar ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashiningish – rejasi asosidava 15 ta byudjet tashkilotlaridatabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarining bajarilishi tekshirildi.

Inspeksiya tomonidan tekshirishlarda aniqlangan kamchikliklarni bartaraf etish maqsadida 2016 yilning1-choragida17ta talabnoma berildi, shundan12 tasi bajarilgan,5 tasining bajarish muddati tugamagan.

Harakatdagi manbalar bo‘yicha:

Navoiy viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Sog‘likni saklash vazirligi va ichki ishlar Vazirligi xamkorlikdagi 1996 yil 31 martdagi № 12/79/137 – sonli qushma buyrug‘ini ijrosini ta’minlash hamda avtotransport vositalarining dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarni atmosfera havosiga tashlanishini me’yorlashtirish maqsadida Navoiy viloyati tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasining 2016 yil 10 apreldan 10 maygacha “Toza havo” tadbirinig I bosqichi o‘tkazilish uchun 2016 yil 29 martdagi № 34-P sonli buyrug‘i chiqarildi.

“Toza havo” tadbirining I -boskichini samarali o‘tkazishnitashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazilishi, seminarda avtotransport vositalarining chiqindi gazlarini o‘lchash priborlari bilan ishlash prinsiplari bilaninspektorlarni tanishtirish va qayd qilish bayonnomalarni to‘ldirish, hamda foydalanishdagi suyultirilgan gazballonli avtomobillarning ishlatilgan gazlarida uglerod oksidi va uglevodorodlar miqdorlarining me’yorlari va o‘lchash usullari bilan tanishtirish bo‘yicha har bir inspektor bilanamaliy mashg‘ulot o‘tkazilishi kelishib olindi.

2016 yilning 1-choragida 560 ta avtotransport vositalarining chiqindi gazlari mikdori o‘lchash reja topshirig‘i berilgan bo‘lib, amalda 620 ta avtotransport vositalari chiqindi gazlari miqdori me’yoridan yuqoriligi aniqlanmadi

Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha 2016 yilning 1-choragidabajarilgan chora – tadbirlari haqida:

Atmosfera havosini muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan 2016 yilning 1-choragida viloyatkorxona va tashkilotlari tomonidanrejalashtirilgan jami75 ta atmosfera havosini muhofaza qilish chora – tadbirlarining bajarilishi nazoratga olingan bo‘lib, ushbu tadbirlarning bajarilishiga 1-choragida 2968091 ming so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan, xaqiqatda 2155463,1 ming so‘msarflangan.

Natijada atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 506,62 tonnaga kamaydi.

Jumladan, NTMKidagiatmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 350,4 tonnagakamaygan.

Navoiazot AJidagiatmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 42,32 tonnagakamaygan.

Qizilqumsement AJ dagi atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 102,4 tonnaga kamaydi.

NIES AJ dagi atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida jami zararli moddalar miqdori 11,5 tonnaga kamaydi.

Atmosfera havosiga zararli moddalar tashlash uchun me’yor

belgilash bo‘yicha:

Atmosfera havosini muxofaza qilish inspeksiyasida 2016 yilning 1-aprel holatiga ko‘rajami448 taatmosfera xavosiga zararli moddalar tashlovchi korxona va tashkilotlar nazoratga olingan, shundan 448 tatashkilotda “Ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilma” (PDV) me’yoriy hujjatimavjud,shulardan xozirgi kunda 1, 2 va 3-toifaga mansub 35 ta korxona va tashkilotlari uchun tasdiqlanganme’yoriy hujjatining amal qilish muddati tugagan.

2016 yilning 1-choragidaamal qilish muddati tugagan11 ta “OZMINDA” MCHJ, “Karmana Javohir Sultoni” xususiy korxonasi, “Do‘stlik” agro firmasi uchun qayta ishlangan atmosfera havosiga zararli moddalar tashlash “Ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilma” (PDV) hujjati tasdiqlandi. Karmana tumanidagi “Polipropilen quvurlar” korxonasi, “Amirbek grant oil”, “Navoi golden oil servis” AGZS lari uchun “Atrof muhitgata’siri oqibatlari arizasi (ZEP)” ishlab chiqilib,Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin tasdiqlandi.

Viloyat konchilik ishlari va chiqindilar nazoratiinspeksiyasi tomonidan 2016 yil 1 chorak davomida viloyatda litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik talablarga rioya etilishi va atrof-muhitni muhofaza kilish tadbirlarini bajarilishi, mineral resurslardan oqilona foydalanish, foydali qazilma konlaridan xom-ashyolarni qazib olish ularni kayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan o‘z vaqtida o‘tkazilishi, mineral xom-ashyodan oqilona va kompleks foydalanish bilan bog‘lik ishlarning amalga oshirilishida, atrof-muhitning ekologik havfsizligi, keng tarqalgan foydali qazilma konlariniqazishning belgilanganqoida va me’yorlariga rioya qilish, ishlab chiqarish va maishiy ho‘jalik chiqindilarining belgilangan tartibda ko‘milishiga, joylashtirilishiga xamda zararsizlantirish va qayta foydalanish bo‘yicha nazorat ishlariniolib bordi.

Bugungi kunda viloyat hududida hosil qilingan ishlab-chikarish chiqindilari loyiha asosida qurilib jixozlangan havzalarga loyqa yig‘gichlarga hamda maxsus poligonlarga joylashtirilmokda. Bu hosil qilingan barcha ishlab chiqarish chiqindilari vaqtincha 3 ta regionga ya’ni, Navoiy, Zarafshon xamda Uchkuduk regionlariga joylashtirilmokda.

Viloyat hududida 1998 yildan boshlab Navoiy tog‘ –metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon boshqarmasida hamda 2004 yildan boshlab “Navoiazot”aksiyadorlik jamiyatida yaroqsiz tarkibida simob moddasi bo‘lgan lyuminissiyent chiroqlarni demerkurizatsiyalash uskunalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Suv nazorati2016-yilning 1-choragida davomidasuv manbalariga(Tudakul Shurkul xamda Xaydarkul va Zarafshon daryosi) zaxarli okovalar tashlanishi kayd etilmadi.

Qo‘mita suv inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010-yildagi №11-sonli qarori asosida ayni kunda Navoiy shaxri, Zarafshon va Uchquduq shaxarlaridagi xar bir korxona tashkilot raxbarlariga xat orkali murojaat qilinib kommunal ekologik normativ me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqib, qo‘mita tasdig‘idan o‘tkazib borilmoqda. Kanalizatsiya tarmog‘iga tashlanayotgan oqava suvlar tarkibida me’yordan yuqori ingridiyentlar uchun Vazirlar Maxkamasining №199, 15-sonli qarorlari asosida to‘lovlar olinmoqda. “Kommunal xo‘jaligi tizimda Tabiatni muhofaza kilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimchachora tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.02.2010-yildagi №11-sonli qarorini amalda bajarilishi bo‘yichaNavoiy, Zarafshon, Uchkuduk shaxarlari xududidagi mavjud korxona, tashkilot yakka tadbirkorlargaqumita tomonidan ogoxlantirish xatlari berilib, kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga me’yor va me’yoridan ortiqcha oqava suvlarni tashlanishi holatigaDavlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hududiy organlari, suv quvurlari kanalizatsiya xo‘jaligi tarmoqlari bilan birgalikda maishiy hamda ishlab chiqarish oqava suvlarini oqizishning abonent uchun tasdiqlangan kommunal-ekologik normativlar (KEN)ga muvofiqligi yuzasidan zarur nazoratni amalga oshirishilibmeyyoriy xujjatlar asosida tulovlar tizimi tokomillashtiril kelinmoqda.

Navoiy shaxrida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga suvdan foydalanish va oqava suvlarni me’yor darajasida kanalizatsiya tarmoqlariga tashlanishi uchun kommunal normativ (KEN) normativ xujjatini ishlab chiqib, qo‘mita tasdig‘idan o‘tkazish uchun ikki marotabadan xat berildi. Ayni kunga kadar189 ta KEN xujjatlari ishlab chiqilib, qo‘mita tasdig‘idan o‘tkazilgan.

Viloyat Davlat ekologik ekspertizasi

2016 yil I-chorak davomida Navoiy viloyati bo‘yicha atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi III (past darajada havfli) va IV (mahaliy ta’sir ko‘rsatish) toifalarga mansub bo‘lgan obyekt materiallari viloyat davlat ekologik ekspertizasida ko‘rib chiqildi.

Ushbu ko‘rsatgich 2016 yil I-chorak davomida 305 tani tashkilqiladi, shundan III (past darajada havfli) toifali obyetlar 55 ta, IV (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) toifalarga mansub bo‘lgan obyektlar 250 tani tashkil qiladi.

Ushbu ko‘rsatgich 2015 yil I-chorakka (209ta obyekt) nisbatan 146 foizni tashkil etadi.

Ekologik me’yoriy hujjatlar – 26 ta, shundan PDV — 6 ta;PDO – 12 vaPDS – 8. Shuningdek, 7 ta IV (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) toifalarga mansub bo‘lgan tashkilot va korxonalarning atmosfera havosiga zararli moddalar tashlovchi manbalar ro‘yxati qo‘mita tomonidan kelishildi va ekologik me’yoriy hujjatlar ro‘yxatiga kiritildi.

2016 yil I-chorakda 10 ta obyektning Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi ariza (EOTA) Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomning 11a; 12; 17 – bandlari talablariga to‘liq javob bermaganligi sababli 1 ta loyihasi qayta ishlashga qaytarildi.

Viloyat ekologik sertifikatlashtirish, standartalshtirish va me’yorlashtirishbo‘limi Davlat korxonasi 2016yil1- chorak davomidabajarilgan ishlarni 2016 yilfevral oyida “Boshdavekosertifikat” boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ish-reja jadvaliga asosan olib borildi.

Bo‘lim tomnidan2016 yil 1- chorak davomidajami– 51 ta(shundan, olib kirish-1ta, tex. jarayen — 26ta, chiqindilar -24 ta)gaekologiksertifikatlar korxona tashkilot va tadbirkorlarga berilishi ta’minlandi.

Jamg‘arma bo‘limi Navoiyviloyat tabiatnimuxofazaqilishqo‘mitasining Maxalliy Jamg‘arma O‘zbneiston RespublikasiVazirlarMaxkamasining 2003 yil 1-maydagi№199 sonliva2006 yil6-fevraldag № 15 sonli qarorlariasosidatasdiqlanganVazirlarMaxkamasitomonidan1993 yil24 maydagi№246 sonli tasdiqlangan “NIZOMI” ga asosan isholib boradi.

Maxalliy Jamg‘armaning asosiy ish faoliyati kompensatsiya to‘lovlaridan tushayotgan pul mablag‘larini xisob kitobini yuritish va Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1993 yil 24-maydagi №246-sonli Maxalliy Jamg‘armaning tasdiqlangan Nizomigaasoslanibxarajatlarininazoratini olib boradi.

2016 yil 1-chorakyakuni bilan Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 1-maydagi №199-sonliva 2006 yil 06 fevraldagi№15- sonli qarori bo‘yicha 1436 ta korxona va tashkilotlar nazorat ostiga olingan bulib,shundan540 ta korxona va tashkilotlardan jami 425855,5 ming sumga xisobotlar to‘liq olinib tulovga tortilib,16 ta korxona va tashkilotlar kompensasiya tuloviga yetmaydi.

2016 yil 1-chorakyakuni bilan MaxalliyJamg‘armaxisob raqamiga jami 260990,5 ming sumpul mablag‘lari tushirildi. Shundan kompensatsiya to‘lovlariga 222673,0 ming sum, tabiat qonunlarini buzilganligidaqo‘llanilganjarimalaruchun 17199,9 ming sum, to‘lovlarni uz vaqtida to‘lamaganligi uchun undirilgan penya summasi636,2 ming sum, boshka tushumlar 4788,2 mingso‘m vadaraxtlarni kesganligi uchun berilgan ruxsatnomalar hisobidan tushgan mablag‘ 15693,1 ming sumni tashkil etadi.

Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 3-fevraldagi №11-sonli qaroriga asosan 2016 yil 1-chorakyakuni bilan jami 24 ta korxona va tashkilotlardan kommunal xizmatlari uchun 10964,4ming sum pul mablag‘lari undirildi.

Maxalliy Jamg‘armao‘z vaqtida kompensatsiya to‘lovlarini to‘lamagankorxonava tashkilotlarning2016 yil 1-aprel xolatiga umumiy qarzdorlik summasi 360681,5 ming sumnitashkil etadi.

O‘z vaqtida qarzdorlikni undirilishini ta’milash maqsadida qo‘mita jamg‘arma bo‘limi tomonidan 360681,5 ming sum debitor pul mablag‘lariundirilishi uchun maxsus reja jadval ishlab chiqilib, qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlangan,xamda reja-jadvalga asosanma’sulshaxslar tomonidanqarzdorlikniundirish uchun ishlar olib borilmoqda.

MaxalliyJamg‘armaVazirlarMaxkamasining 1993 yil 24- maydagi№246-sonliqaroribilantasdiqlanganNizomning6-bandiga asosan2016 yil uchun1 417 225,0 ming sumgadastur ishlab chiqilib, 2016 yil 1-chorakyakuni bilan belgilangan summadan260990,5ming sum Mahalliy jamg‘arma xisobraqamigatushirilib, shundan xisobot davrida “Tabiatni muxofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risida” giNizomning 6-bandidako‘rsatilganmaqsadlaruchunsarflanganmablag‘larjami194724,6 ming sum tashkil etdi.

Shundan:

Respublikabyudjetiga2016 yil 1-chorakyakuni bilan jami 155545,5 ming sum pul mablag‘lario‘tkazib berildi.

Respublika tabiatni muxofaza qilish jamg‘armasiga o‘tkazilgan pul jami 20000,0 ming so‘mni tashkil etadi.

Viloyat qo‘mitasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun 19179,1 ming so‘mni tashkil etadi.

Ekologik targ‘ibot va tashviqot ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar

Shuningdek2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi asosida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, dastur asosida korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Viloyat, shahar va tumanlardagi maktablarda, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus kasb hunar kollejlari hamda litseylarda,korxona, tashkilot va muassasalarda Navoiy viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, shahar va tuman inspeksiyalari xodimlari bilan hamkorlikda“Ekologiya va men”, “Sog‘lom turmush yoshlar kelajagi”, “Tabiatga mening mehrim o‘zgacha”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Suvli va botqoqli hududlarning bugungi kundagi ahvoli”, “Tabiat bizning do‘stimiz”, “Tomchi suvda hayot jilvasi”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim (BTT) Konsepsiyasini targ‘ib qilishda ta’lim muassasalarining o‘rni”, “Flora va fauna dunyosini asraylik”, “Har bir yoshga bir nihol”, va boshqa bir nechta mavzularda davra suhbatlari, seminarlar, uchrashuvlar tashkil etilib o‘tkazildi. Shuningdek qo‘mita xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ekologiya va Tabiatni asrash mavzularida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib keng jamoatchilikga yetqazilmoqda.

Jumladan;

2016 yil 11 yanvar kuni Xatirchi tumanidagi xizmat ko‘rsatish va servis kollejida “11 yanvar –Qo‘riqxona va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga kollej o‘quvchilari va qo‘mita xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbatini Viloyat qo‘mitasining targ‘ibot va tashviqotxodimi Z.Dushanova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Davra suhbatida ma’ruzachilar tomonidan ma’ruzalar tinglandi. Ular o‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha qabul qilingan Milliy strategiya va harakat rejasida muhofaza etiladigan tabiiy xududlarga alohida e’tibor qaratilib, bu sohadagi faoliyatni yanada jonlantirish, uning samaradorligini oshirishga oid qator vazifalar va uzoq yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hamda muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va bunday hududlarni faoliyat yuritishning iqtisodiy mexanizmlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda olib borishmasalasi ana shunday vazifalardan biri ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.

Ilmiy Texnik Kengashning faoliyati.

Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2016 yil 1-chorakda 1 ta navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy-texnik kengashning 2016 yil ish-rejalari ko‘rib chiqildi.

YUKLAB OLISH (.doc)