
4 oktyabr Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni
DIQQAT TANLOV!!!
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi 4-oktyabr Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni munosabati bilan “Hayvonlarni asraymiz” rasmlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda yurtimizdagi («QIZIL KITOB»)ga kiritilgan noyob hayvonlarning chizilgan rasmlari qabul qilinadi.
G’oliblar kanalda ovoz yig’ish orqali quyidagi 3 guruh doirasida aniqlanadi:
💠1-4 sinf
💠5-7 sinf
💠8-9 sinf
Yuboriladigan ijodiy ishga qo’yiladigan talablar:
☝️ Rasmdagi hayvon qizil kitobga kiritilgan bo’lishi shart
☝️ Rasmga izoh. Qaysi hayvonni chizdingiz? U haqida nimalar bilasiz? (20-40 so’z)
☝️ Ishtirokchining ism familiyasi, sinfi, maktabi va hududi