Ultimate magazine theme for WordPress.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish “ bo‘limi

ATMOSFЕRA HAVOSI IFLOSLANISHI OLDINI OLISH HUQUQIY -ME’YORIY ASOSLARI.

Atmosfera deb — Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlamiga aytiladi. Atmosfera yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik orga-nizmlarni turli ultrabinafsha nurlardan, turli zararli zarra-lardan saqlaydi. Ma’lumkiatmosfera havosihar hil mexanik gazlarning aralashmasidan iboratdir.

Atmosfera (yunoncha atmos— Bug va sfera — shar) – yer vaboshka fazoviy jismlarning gazsimon qobigi. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug‘i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.

Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri hisob-lanadi. Chunki organizm, inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, ammo havosiz 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Inson bir bir sutkada 25 kg havoni yutadi.Shuning uchun yerda hayot insonning yashashitoza havoga bog‘liq. Aksincha havo ifloslanib, uning kimyoviy tarkibiva fizik xosslari o‘zgarishi bilan har bir organizmning fiziologik holati o‘zgaradi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Respublikamizda atmosfera havosiayniqsa, aholisi Sanoat korxonalari va transport vositalari ko‘p bo‘lgan Metallurgiya, kimyovamashinasozlikmarkazlari bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Andijon shaharlarida havosining iflos-lanishi ancha yuqoridir.

Shuni inobatga olgan holda Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan so‘ngjamiyatda yashayotgan insonlar, barcha korxona, muas-sasa, tashkilotlar atmosfera havosi musaffoligini saqlash, uning ifloslanishining oldini olish borasidaqonunchilik talablarini bajarilishi qat’iy zarurligini belgilab qo‘ydi. Shulardan asosiylari O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 y 29 yanvardan kuchga kiritilgan Qonuni va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konunidir.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Mazkur qonun 30 moddadan iborat. Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy kismi ekanligi, u umum-milliy boylik hisoblanishi va davlat tomonidan muhofaza qili-nishi belgilab qo‘yilgan.

Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
  • atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
  • davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iboratdir.
  • Ho‘jalik faoliyatida(XFU) Xlorftoruglerodlar, bromli metil, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham ozonqatlamining siyraklashishiga olib keladi.
  • Kuchli texnologiyalarasri — 21 asr boshiga kelib, aviatsiya, kosmik raketalar ta’siri ham e’tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan samoletdan azot oksidi chiqishi stratosferaozoniga ta’sir ko‘rsatadi.

Qonunning 5-moddasiga asosan Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshirishi, shuningdek 28 moddasiga asosanAtmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘-liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazoratqilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hisoblanishi belgilangan.

Atmosfera xavosini muhofaza qilish bo‘yicha davlat Boshqaruvi va davlat nazoratini olib boruvchi organlari bu — Atmosfera xavosini muxofaza kilish soxasida Davlat boshkaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, maxalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

Atmosfera xavosini muxofaza kilish ustidan Davlat nazorati mahalliy xokimiyati organlari tomonidan shuningdek maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza kilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi, O‘zbekistonRespublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish davlat organlari tomonidan, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Atmosfera xavosini muhofaza qilish ustida idoraviyishlab chiqarish va jamoat nazorati qonunchilikxujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Atmosfera havosiniasosiy ifloslantiruvchi omillar quyidagi tur va manbalarga bo‘linadi :

Tabiiy ifloslantiruvchilar : zilzila, vulqon, yong‘in, dovul, kuchli yomg‘irlar, sel va boshqa tabiiy va texnogentusdagi hodislar orqali vujudga keladigan omillar;

Antropogen, ya’ni inson faoliyati jarayonida kelib chiqadigan ifloslantiruvchi omillar .

Shuningdek manbalar turg‘un (statsionar)vaxarakatdagi manbalardan iboratdir.

Sanoat korxonalariningturg‘un (statsionar) manbalari,

Avtotransport vositalari yokiko‘chma(xarakatdagi ) manbalaridir.

Turg‘un(qo‘zg‘almas) manbalar – mahalliy hududiy tizimiga nisbatan fazoda o‘zgarmas o‘ringa ega bo‘lgan manbalardir. (Qozonhonalar mo‘rilari, sexlarning framugalari).

Bunday manbalar o‘z o‘rnida 2 guruxga bo‘linadi:

  • Tashkil etilgan manbalar -gaz chang moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalar orqali chiqariladigan (quvurlar, gaz yo‘naltiruvchi, ventilyatsiya shaxtalari v.x.k.) manbalar.
  • Tashkil qilinmagan manbaalar – gaz-chang oqimlari tartibsiz chiqaruvchi manba jihizlar berkligi buzulishi, mahsulotlar (yoqilg‘i)ni yuklash (tushurish) yoki saqlash joylarida gaz-chang so‘ruvchi tizimning ishlamasligi yoki samarasiz ishlashi, shuningdek chanlanuvchi uyumlar, ochiq sig‘imlar, transport saqlovchi joylar, bo‘yash ishlari amalga oshiriladigan maydonlar).

Atmosfera havosiga sanoat korxonalaritomonidanchiqarilayotgan tashlamalar kuyidagi usul va moslamalarorqali tozalanadi:

  • Quruq tozalash (siklonlar bilan);
  • Suvli tozalash (skrubberlar);
  • Filtrlab tozalash (rukavnoy filtr);
  • Elektr tozalash — elektromagnit maydonlari hosil qilish
  • Kimyoviy tozalash — kimyoviy moddalar va ularning reaksiya-
  • Termik va termokatalik — gazsimonmoddalarnikatalik reak-
  • torlarda yoqish yo‘li bilan;
  • Boshqa turdagi apparatlar orqali.

orqali;

lari orqali;

Asosiy ifloslantiruvchi moddalar esa — Qattiq (chang), gazsimon va suyuq moddalar (oltingurgut, uglerod, va azot oksidlari, uglevodorodlar ).

Mazkur ifloslantiruvchi moddalarningchiqarilishi nazorat qilishda Ruxsat etilgan chegaraviy ulush ( RECHU- PDV)ni inobatga olgan holda u yoki bukorxonaning faoliyatiga baho beriladi.

Ruxsat etilgan chegaraviy ulush (RECHU) bu-zararli modda-larningatrof-tabiiy muhitdagi shunday ulushiki,kishilar doimiy yoki ma’lum vaqt oralig‘ida uning ta’sirida bo‘lganlarida, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmaydi vaatrof-muhit komponentlariga ta’sir etmaydigan ulushdir.

Atrof-tabiiy muhit, atmosferaga chiqariladigankorxonaning yillik quvvati, tabiiy resurlardan foydalanishjarayonida chiqariladigan yalpi chiqarilma chiqarilmaga bog‘liq bo‘ladi.

Yalpi chiqarilma bu- korxonaning buxgalteriya yoki boshqa turdagi hisobotlarida ifodalanadigan, ifloslantiruvchi modda-larni ajratuvchi manbaning o‘rtacha yillik foydalanish quvvati va ma’lum vaqtdagi, jumladan hom-ashyo, yoqilg‘i, materiallardan foydalanilganda chang-gaz-tozalash inshoatlarining o‘rtacha yillik sama-radorligi, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar-ning (tonna/ yil) miqdoriga yalpi chiqarilma deb ataladi.

Shuning uchun, yuqorida ko‘rsatilgan belgilangan me’yoriy ko‘rsatgichlardan oshmaslik choralari ko‘rish maqsadida Respublika-mizda faoliyat yuritayotgan yirik-yirik sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalari belgilab berilgan.

Sanitar – himoya zonasi (S’HZ) – zaxarli kimyoviy moddalar tevarak-atrof (atmosfera, tuproq, suv manbalari) ning tarqalayotgan ulushini, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan me’yordarajasini saqlovchi, kor-xona va aholi yashaydigan hududlar oralig‘ida maxsus ajratilgan kengliklar va o‘simliklar o‘sadigan hududlardir.

Ularning miqdori belgilangan me’yorlardan ortgan taqdirdanazorat qiluvchi organlar(O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar xuzuridagi Gidrometeorologiya markazi (Uzgidromet), O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston“Uzgeotexkonazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligixuzuridagi DSENM (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi) tomonidanO‘zbekistonRespub-likasining “Ma’muriy Kodeksi” va Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar to‘g‘risida“gi, “O‘zbekiston Respublikasi xududidaatrof-tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №199-sonli qarorlarining tegishli bandlariga asosankorxona va muassasalartomonidankompensatsion to‘lovlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan jarimalar unidirilishi belgilab qo‘yilgan.

Atmosfera havosining yana bir muhim iqlim o‘zgarishiga olib keluvchi manba “Bug‘li effekt”ta’siridayer sharining qaysidir xududida atmosfera havosining global isishiga sabab bo‘lmoqda.

Atmosferaning yer yuzidan uzun to‘lqinli issiqlik nurla-nishiga halaqit beruvchi uglevodorod ( karbonat angidrid, is gazi) va FXU (ftor-xlor-uglerod birikmalarining asta-sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning umumiy o‘zgarishiga olib keladi. Bu-Bug‘li effekt(Parnikovыy effekt) deb umumiy nomlanadi.

O‘z o‘rnida “Bug‘li effekt” (ing. Greenhouseeffekt) bu — atmosfera yer yuzasidan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishiga halaqit beruvchi uglevodorod (karbonat angidrid, is gazi) ftor, xlor, ugle-vodorod birikmalarining asta-sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning keskin ko‘tarilishidir.

Iqlim bu- obi-havoning ma’lum joyiuchun geografik o‘rni bilan belgilanadigan ko‘p yillik statistikma’lumotlar majmuasidir.

Butun yer biosferasi, shu jumladan insoniyat ham ma’lum bir iqlimda yashash sharoitigamoslashgan. Tabiatda shunday iqlim xudud-lari mavjud. Har qanday o‘simlik va hayvonot olamio‘zining yashasha arealiga ega.Har qandaymamlakat o‘zining qishloq ho‘jaligishak-liga ega bo‘lib, ma’lum donli ekinlar, meva va sabzavot yetishtiradi va ma’lum turdagi hayvonlarni ko‘paytiradi.Lekin oxirgi o‘n yilliklar davrida antropogen ta’sir ostida iqlimning global isishga to‘qnash kelyapti.

Darhaqiqat, 2016 yilning sentyabr oyidaa Kanadaning Monreal shahrida dunyoning 65 mamlakat ishtirokchilari tomonidan Aviatsiya tomonidan atmosfera havosiga chiqarilayotgan is gazi tarqalishi bo‘yicha Sammit yig‘ilishi o‘tkazildi. Unga ko‘ra atmosferaga is gazi tarqalishi oxirgi 10 yil ichida 10 barabor ortganligi ta’kidlandi.

Iqlim o‘zgarishi — global ekologik muammo bo‘lib,u butun sayyoraga, demakka har qanday qit’aga, har qanday mamlakatga, har qanday shaharda istiqomat qiluvchiaholiga tahdid solmoqda.

Endi yirik shaharlarda havonining ifloslanishiga kelsak mamlakatimiz oldida turganasosiy muamaolardan biridir. Chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi umuman olganqamayib borayotganiga qaramay, alohidamoddalar bo‘yicha atmosferaning ifloslanish darajasi ayrim katta shaharlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p konsentratsiyadan yuqori bo‘lgan-ligini 2003 yil hisob-kitoblariga ko‘ra 2 million tonnadan oshiqligini, 1991 yilda 3,8 mln tonnaga teng bo‘lganini, 2000 yildaO‘zbekistonda chiqarilib yuboriladigan parnik (bug‘honagazlari) hajmi 170 mln. tonnani tashkil etganini(1991 yilda 164 mln tonna) tadqiqotchi olim Shukur Jabborovtomonidan ta’kidlab o‘tilgan.

Atmosfera havosini ifloslanishining yana bir omili bu — Ozon tuynugi-atmosfera havosining Yer yuzasi sathidan 15-20 km balandlikda mavjud bo‘lgan ozon qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutub, Yerdagi tirik organizmlar hayotini undan muhofazalab turgan qatlamning yemirilishidir. Ozon qatlami Yerdagi barcha tirik mavjudotni quyoshning ultra-binafsha nurlaridan saqlovchi qatlam hisoblanadi.

Ozin qatlami o‘zi nima, u qanday paydo bo‘ladi, uning yemirilish sabablari nimalardan iborat, uning insonlar salomatligiga kanday salbiy ta’siribor ?

Ozon qatlami— stratosferadatarqalgan gazsimon o‘ziga hos molekulalardan iborat modda bo‘lib, uning molekulasi uchta kislorod atomidan iborat. U momoqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqqanda, labo-ratoriya sharoitida past elektr zaryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarning kislorodga ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.

Ozon tez parchalanuvchi moddadar. Uning molekulasi atomlarga oson bo‘linadi. Kundalik hayotimizda suv va havoni tozalashda, kirni oqartirishda foydalaniladi.

Xo‘sh,ozon qatlami qanday paydo bo‘ladi ?

Atmosferaningyuqori qatlami ozon paydo bo‘lishiga tabiiy makon hisoblanadi. U yerda o‘tkirultrabinafsha nurlanish ta’si-rida atomli kislorod molekulasi parchalanib, ozon molekulasini hosil qiladi. Bu molekula atrof-muhit va tirik organizmlar uchun zararli bo‘lgan quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutadi. Dunyo mutaxasislarining ta’kidlashicha, eng ko‘p ozon stratosferada to‘pla-nib, u ozon qatlamideb ataladi. Shu yerda ozonning paydo bo‘lishi va uning yemirilish tezligi tenglashadi. XX asrning 70-80 yillarida sayyora-mizning har hil mintaqalari ustidan “Ozon tuynugi” sodir bo‘layotganligi haqida dunyo olimlari ma’lumot berishdi.Rossiyalik olimlar 2004 yildaAntraktida ustida 25 mln. km2 kengligida ozon qatlamining siyraklashganini ma’lum qildilar. Sayyoramizning shimoliy yarim sharida ozonning eng katta miqdori qishning oxiri va bahorning boshida, eng kichik miqdori kuzda kuzatiladi. Janubiy yarim sharida esa aksincha xolat yuz beradi.

Ozon qatlamining yemirilish sabablari nimalardan iborat ?

-Vulqonlarning otilishi tabiiy sabablardan biridir.Vulqon otilishi bilan birga tarkibida oltingurgtbirikmalari bo‘lgan gazlar ham otilib chiqadi. U havodagi boshqa gazlar bilan arala-shadi va natijada ozon qatlamini yemiruvchi sulfatlar hosil bo‘ladi. Stratosferada mavjud bo‘lgan ozon miqdorini kamayishiinson faoliyati (atropogen) ta’siriga bog‘liq. Bu faoliyatning xilma-hilligi barchaga ma’lum.

-Ozonning siyraklashgan konsentratsiyasi quyoshning ultrabinafsha nurlarini yaxshi yuta olmaydi. Bu narlar yer yuziga yetib kelib, o‘simlik va hayvonot olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ozon inson salomatligi uchun havfli bo‘lib, havoda ozon qatlamining 10%ga kamayishi kasallanish holatini 26% ga ko‘pay-tiradi, u is gaziga nisbatan zararlidir. U odamlarda yo‘tal paydo qiladi, bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi, ko‘zga zarar yetkazib, ko‘z gav-harining xiralashuviga va kataraktakasalligi keltirib chiqaradi. Nafas olishni buzadi, terida saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Atmosfera havosining Yer yuzasi sathidan 15-20 km balandlikda mavjud bo‘lgan “Ozon qatlami” Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutub, Yerdagi tirik organizmlar hayotini undan muhofazalab turibdi.

Ozon qatlamining asosiy yemiruvchilari bu- freonlardir. Bir molekula xlor atomi yoz minglab ozon molekulasini yemiradi. BundantashqariN3SN( ya’ni bu nima? ) lar hamqishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan azot o‘g‘itlari ham ozonni yemiruvchi manbalardan hisoblanadi. Ana shunday ta’sirdan so‘ng Antarktidaga yaqin bo‘lgan YangiZellandiya aholisining 11 mingdan ortig‘i teri raki kasal-ligiga chalingan, 160 kishi halok bo‘lgan.

Ana shular bois “Ozon qatlami”ni siyraklashishini oldini olish borasida dunyo hamjamiyati tomonidan1993 yilda“Ozon qatlamini himoya qilish” bo‘yicha Vena Konvensiyasi qabul qilin-gan. Bu Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi ham qo‘shilgan. BMT 16 sentyabrni “Halqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni” deb e’lon qilgan. Shu sabab ozonni parchalovchi moddalarnibutun dunyodahalq ho‘jaligida qo‘llamaslik borasida chora-tadbirlarko‘rilmoqda.

Tarkibidaxlorftoruglerod (XFU-11, XFU-12, XFU-113, XFU-114, XFU-115,)vagidroxlorftoruglerod (GXFU-22, GXFU -141b) bulgan moddalar ozon katlamini buzuvi moddalar xisoblanadi.Ozon katlamiga zarar yetkazmaydigan moddalarga GFU-134-a, GFU -152a, GFU -125, GFU 143a, R-404a, R-410a.

Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 11 noyabrdagi 247-sonli karori asosida nazorat kilinadi vabelgilangan tartibdatabiatni muhofaza qilish nazorat organlari tomonidanruxsatnoma beriladi.

Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni Respublika xududiga olib kirish va olib chikish Respublika Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan,tarkibidaozon katlamini buzuvchi mavjud bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish yoki olib chiqish viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasitomonidan nazoratiolib boriladi.

Ozonni yemiruvchi moddalar (OYEM) dan foydalanish, xukuma-timiz tomonidan Monreal bayonnomasiga muvofiq ko‘rilgan choralar natijasida 1991 yil 3,03 tonna o‘rniga, 2003 yilda 2, mln. tonnaga kamaytirildi.

Atrof-tabiiy muhitda bunday o‘zgarishlar barcha mintaqalarda kuzatilmoqda. Qo‘rg‘oqchiliklar, suv bosishlar, bo‘ronlar, issiq garm-sellar, keskin sovib ketish va boshqalar natijasida tabiiy ofatlarer yuzasiningbarcha xududlarda yuz berishimumkin.

Dunyo miqyosida ham bungako‘plab misollar mavjud. 2000 yilda Avstraliya sohillarida yuz bergan suv toshqinlari, 2003 yilning yozida Yevropadayuz bergan 1200 tabiiy ofatdan biri, jonsarak jazirama,qit’aning 12 ta mamlakatida 70 msing o‘lim holati qayd qilingan.2005 yilAQSH da ro‘y bergan “Katrina” dovuli, Afrikadagi qurg‘oqchiliklar va mazkur hududga noodatiy hisoblangan qor yog‘ishi va misli ko‘rilmagan qaxratonlar.

XIX asrdayoq olimlar uglerod (S02) oksidiningatmosferada quyosh energiyasini o‘zida saqlab qolishini, buning oqibatida yer yuzasining global isishiga olib keldi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi va sanoatdaqazib olinayotgan uglerod yonilg‘ilarining (neft, gaz va ko‘mir) iste’molining ko‘payishiatmosfera havosida uglerod (S02) oksidining konsentratsiyasi oshishiga olib keldi.

O‘tganXIX asrning 1896 yillarida Shved kimyogari Arrenius uglerod (S02) oksidiningyoqilishi natijasida global isishga olib kelishini aniqlagan edi.

XX asrning keyingi 35 yili davomida xlorftoruglerod (CFCs), metan (CH4)va azot oksidi Bug‘li effekt hosil bo‘lishiga zamin bo‘lishini aniqladilar.

Ammo, ko‘p yillar davomida uglerod (S02) oksidining “ortig‘i” atmosferada okeanlar tomonidan yutub yuboriladi degan tahminlarga asos bo‘ldi.1957-1958 yillarda Tinch okeani Gavayi orollaridagi “Mauna Lao” vulqonida tadqiqotlar o‘tkazayotgan paytda uglerod (S02) oksidining konsentratsiyasi mudom ko‘tarilib kelayotganini isbot-lashdi.

Global iklim o‘zgarishi oqibatida sayyoramizda dengiz va ummonlar satxining sezilarli darajada ko‘tarilgani kuzatilmoqda. Bu ayniqsa Meksika ko‘rfazi atrofida katta havf tug‘dirmoqda.Olim-larning ta’kidlashicha insonlar, xayvonlar va nabobot olamiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga mislsiz darajada tashlanishi natijasida atrof-tabiiy muhit (tabiiy ekologik tizimlar) ning ifloslanishiga, tabiiy resurslarning kamayishiga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turli kasalliklarga olib kelmoqda.

Iqlim o‘zgarishi – bu o‘rtacha statistik jihatdan sezilarli darajadao‘zgarishi yoki iklimning uzoqvaqt davomida o‘zgarishidir. U ichki tabiiy jarayonlar, tashqi ta’sirlar, yerdan foydalanishda antropogen ta’sirlar ostida yuzaga keladi.

Dunyohamjamiyati tomonidan 1992 yilda 155 ta davlat tomo-nidanBraziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiya imzolandi. Konvensiyaning asosiy vazifasi — parnik bug‘larining atmosfera havosidagi konsentratsiyasini bir maromda havfli antropogen ta’sirdan saqlashdan iborat. 1993 yilda bu Konvensiya kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1999 yil 20 avgustda Oliy Majlisning 15 sessiyasida BMTning Kioto protokolini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Oxirgi o‘n yilliklar davridaiqlim o‘zgarishlarining ayrim muhim yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadiganbo‘lsak,

Atmosfera havosining isishi. XX asrda iqlimning isishi shimoliy yarim sharda 1000 yil davridakuchli kuzatildi.

Ayniqsa 1990-2000 yillarda. Ammo 1998 yilda iliq havo kuzatildi. Bunda iqlim isishi Shimoliy Amerikaning shimolida, Shimoliy va O‘rta Osiyoda kuzatildi. Sovuqsiz mavsumlarning ko‘pyishi yuz berdi.

Qor va muzliklar qatlami. XX asrning 60 yillar oxiridan qor koplamalarining 10 % ga kamayishi,daryo va dengizlarning muz qoplami 2 haftaga qisqardi. Qor muzliklari orqaga chekindi.Shimoliyyarim shardabahor va yoz oylarida dengiz muzliklari qatlami kamaydi va 50 XX asrning yillarda 10-15%, Arktikada esa 40 %ga qisqardi.

Okeanlar sathi.XX asr 100 yilliklar davrida okeanlar sathi 0.1-0.2 metrga ko‘tarildi. Global isish jarayoni ostida shimoliy yarim shar muzliklarining hamda dengiz suvlarining isish

chegarasining oshishisabab bo‘ldi.XX asrda okeanlar sathinikuza-tishlar natijalariga ko‘rakeyingi 3000 yil oralig‘ida 10 barobar ko‘payganligini isbotladi.

Yog‘ingarchiliklar. O‘tkazilgan kuzatishlar natijasida XX asr 10 yili davrida yog‘ingarchiliklar O‘rta va Shimioliyyarim sharda 0,5-1,0 % ga oshdi. Shuning bilanbirgasubtropik qit’alarda 0.3%ga kamaydi. Yer sharining ba’zi hududlarida intensiv va ekstremal yog‘ingarchilikholatlari ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidaatmosfera havosini tizimli muhofaza qilish maqsadidida yilda ikki bosqichda “Toza havo” tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 1996 yil 31 martdagi 12/79/137-sonli qo‘shma buyrug‘i hamda ushbu buyruq bilan tasdiqlangan nizomga asosan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Mazkur tadbirning birinchi bosqichi 10 apreldan 10 maygacha, ikiinchi bosqichi 10 avgustdan 10 sentyabrgacha (Toshkent shahrida – 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha) o‘tkaziladi. Tadbirni amalga oshirishdan maqsad, avtotransport vositalarining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri kamaytirishga, vazirliklar, idoralarning “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va boshqa atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yo‘naltirilgan. “Toza havo”tadbiri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari xizmatlarining o‘zaro uzviy hamkorligida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur tadbirni o‘tkazishda korxonalar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari jalb etilishi mumkin.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil dekabr oyida qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasida atmosfera havosiga avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlarmuntazam nazorat ostida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Zero, atmosfera havosini avtomobil transportlaridan chiqa-yotgan zararli moddalardan muhofaza qilish shaxarlar oldida turgan global muammolardan biri sanaladi. Zararli moddalarni kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni qo‘llash orqali erishish mumkin. Masalan, motorsilindrlarida paydo bo‘ladigan zararlar kuchini neytralizatorlar yordamida neytrallash yoki harqanday yoqilg‘ining to‘liq yonishini ta’minlaydigan motorlar ishlab chiqarish, shaxarlarning gavjum joylarida yer osti yo‘llarini qurish, shaxarlar aeratsiyasini yaxshilash maqsadida rovon magistral yo‘llarni ko‘pay-tirish, chorraxalarda trasnsport oqimining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, yangi loyihalar asosidayo‘l bo‘ylarida ekilgan daraxtlar sonini ko‘paytirish, eskiavtomobillardan foydalanishni ta’qiqlash yoki ulardan havoga ajralib chiqayotgan zararli moddalarning me’yoridan oshmasligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.

Havoga ajralibchiqayotgan azot oksidining 30-60 %i, is gazi va karbonat angidridining 40-90%i,qo‘rg‘oshining 35-95 %i, qattiq zarrachaalarning 10% i, SO2 va konserogen moddalarning 5%i bevosita avtoransport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Toza havo” tadbiri jarayonida asosiy e’tibor atmosferaga 70 % uglerod oksidi (SO) va 13 % uglevodorod (SR)ni chiqarayotgan karbyurator dvigateli hamda dizelli avtomobillarga qaratiladi. Mamlakatimizda so‘nggi vaqtlarda 7000 atrofidagi avtotransport vositalari gaz yonilg‘isiga o‘tkazilib, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori 8000 tonnaga kamaytirilishiga erishildi. Xizorgi vaqtga kelib jami avtotransport vositalaridan chiqari-ladigan ortiqcha zararli gazlar chiqarish holatlari umumiy tran-sportlar sonining 7%ni tashkil etmoqda.

Bunday ko‘rsatgichlar 20 yil oldin 25-30 % ni tashkil etgan. Bunday ko‘rsatgichlarni kamaytirishning asosiy sabablaridan biri yurtimizda “EVRO-3”, “EVRO-4” davlat standartlaritalablariga javob beradigan avtotransport vositalari ishlab chiqarilayotganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan yaroqsiz holga kelgan karbyuratorli transport vositalari asta–sekin yuridik va jismoniy shaxslar tassarrufidan chiqarilishidir.

Tadbir davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlaridagi toksiklilik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan holda asbobiy usulda nazoratdan o‘tkaziladi. Asbobiy usulda olingan natijalar davlat stan-dartlarida belgilangan me’yorlarga solishtiriladi. O‘rnatilgan me’yorlardan oshiq chiqish holatlari yuzaga kelgan vaqtda ularga nisbatan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ta’sir choralari ko‘ri-ladi.

Atmosfera havosi musaffoligini saqlashda yana bir muhimjihati, bu insoniyat tomonidan antropogen tarzda tabiatga bu ongli ravishda boshoqli don poyalari, bargi hazonlarlarni yoqish nati-jasida yetkaziladigan zarar hisoblanadi.

Bunda 1 gektar boshoqli don poyalari yoqilganda, atmosfera havosiga 500 gr azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kgis gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tashlanadi. Tuproqning strukturasi buzilib, uning erroziyasi kuchayadi. 1 tonnabargi hazon yoqilganda esa atmosfera havosiga 30 kg uglerodoksidi tashlanadi.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, u asosan insonning nafas olish yo‘llariga ta’sir etib, o‘pkaning idrashiga, ko‘z ko‘rishining kuchsizlanishiga kuchli ta’sir etadi. Insonda yo‘tal, yuqori harorat hamda qaytarish xolatlari yuz beradi.

Uglerod oksidi esa, tanaga tushishi bilan gemoglabin tarkibidan kislorodni siqib chiqaradi va natijada qon kislorodni qon tomirlari orqali tashishxususiyatini yo‘qotadi. Inson to‘qima-larining kislorodga bo‘lgan talabi pasayadi. Peshona qisi-lishi tarzda namoyon bo‘luvchi kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘zlarda pirpirash, chanqoq va qaytarish holatlarini keltirib chiqaradi.

Turar joy tomlarida yog‘ingarchiliklardan himoya qilish maqsadida bitum eritishda ajralib chiqadigan qurum inson tanasida sil va saraton kaslliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qoninuning 20 va 51 moddalarida, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘ri-sida”gi Qonuning 29-moddasi, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 11,12,13,14, 31,32,85,88-moddalariga asosan ma’muriy jaobgarlik choralari qo‘llanilishi qonun xujjatlari bilan belgilab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim bo‘ladi.