Ultimate magazine theme for WordPress.

Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining asosiy funksiyasi etib, ekologik monitoringni amalga oshiruvchi yuqori organ ekanligi, ekologik qonunchiligidauning vakolatlari aniq belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvini amalga oshirish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.

Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalani to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarva “Yer Kodeksi”qabul qilingan. Ularda ekologik monitoringni amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan.

Ekologik monitoring olib borishni ta’minlashda muayan davlatda olib borilayotgan ekologik siyosat muhum rol o‘ynaydi va uning negizida fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqlarinita’minlash yotadi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat ekologik siyosatiga tayangan tamoyillar va ular qatorida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ekologik havfsizlikni ta’minlashga oid belgilab berilgan konseptual g‘oyalar va fikrlar ekologik montoringni huquqiy ta’minlash muammolarini ilmiy nazariy jihatdan o‘rganishda muhum qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Zero,-“Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni haletish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.

Mamlakatimizolimlariolib borgan tadqiqotlarda davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish mexanizmida ekologik monitoringning o‘rni va roli masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababdan, bu muammoni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Davlat ekologik monitoring siyosatini olib borishda O‘zbekiston Respublikasida maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik monitoringini amalga oshirishga oid vakolatlari ilmiy-nazariy, mazmun mohiyati, huquqiy tabiati, ekologik monitoringni amalga oshirishda atrof tabiy muhit to‘g‘risidagi axborotlarni olish, qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda maxsus vakolatli organlari funksiyasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.

Ekologik monitoringniamalga oshiruvchi maxsus davlat organlari bo‘lganO‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmat Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston RespublikasiЕr resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligixuzuridagi Sanitariya-epedimeologiya bosh boshqarmalarini tarmoqlararo (bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi) va tarmoqqa oid (ma’lum bir tabiiy resusrslarni idora etuvchi) organlarga bo‘linishi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ekologik monitoring turlari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida dalat monitoringini hamda tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlarikatta ahamiyat kasb etadi.

Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir.

Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash, atrof tabiiy muhitsifatini me’yorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishdan iboratdir.

Mamlakatimizda davlatning ekologik monitoring siyosati muam-molarini huquqshunos olim Sh.H.Fayziyev tomonidan o‘rganilgan. Uning monografik tadqiqotlarida davlatning ekologik siyosatining yuridik tabiati, mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashning davlat huquqiy mexanizmi masalalarini keng yoritgan. Halqaro ilmiy-anjumanda “Bugungi kunda ekologik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish tabiat-jamiyat tizimini barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlarini qaytadan tahlil qilib, yangi tahrirda qabul qilinishi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mavjud ekologik muammolarni hal qilishga xizmat qiladi”,- deya anjumandama’ruza qilgan.

Respublikamizda ekologik monitoringni huquqiy tartibga solishunga bog‘liq muammolarni nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tarzda tadqiq etish, ekologik monitoringni tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni zamon talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarish va tadbiq etishdan iboratdir.

Viloyatda ekologik monitoringniviloyat boshqarmasi xuzuridagi Analitik nazorat monitoring bo‘limiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyun 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasixuzuridagi Atrof muhit ifloslanishini monitoring atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitiknazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorihamda 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”

2002 yil 3 apreldagi 111-sonqarori asosida amalga oshiriladi.

Analitik nazorat monitoring bo‘limining asosiy vazifasi viloyatda suv va suv resurslari, tuproq hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda tahlillar olib boradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2010 yil 3 fevral “Kommunalho‘jaligitizimida tabiatni muhofaza qilishfaoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qonuni asosida viloyatda har yiliatrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizganlik uchunkompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchi obyektlar ro‘yxatgaolinadi. Xozirgi vaqtda ulartomonidan belgilangan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmoqda. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan obyektlarmazkur qarorga binoan davlat nazorati bilan xar biratrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizayotgan korxona, tashkilot, muassasa o‘z xududi va uning atroflarida atrof–muxitni ifloslantiruvchi manbalarida suv ifloslanishustidan nazorat olib borishlari lozim bo‘ladi.

Bu borada Navoiy viloyatida oqova suvlarni kanalizatsiya (maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini ularning paydo bo‘lish joylaridan texnik tizimli ravishda olib chiqish) tarmoqlariga qabul qilib oladigan 2 taSuv tozalash inshoatlari faoliyat yuri-tadi. Bu Navoiy shahridagi “Navaoiazot“ Ishlab chiqarish bir-lashmasiga qarashli Maishiy-ho‘jalik chiqindi suvlarni qabul qilish inshoati, (BXOuning loyihaviy quvvati 117 ming m3/sut, Uchkuduk suv tozalash inshoatining loyihaviy quvvati esa 49 ming m3/sut ga teng.

Ekologik monitoring ekologik ekspertiza, ekologik nazorat, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimida bir-biriga bog‘liq va bir –birini to‘ldiruvchi yagona faoliyat turidir. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z vazifalarini bajarishga qaratilgan, o‘z obyektlariga, tamoyillariga, shakllariga turlariga ega jarayonlardir.

Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ekologik monitoringni tashkil etishva amalga oshirish prinsiplari quyidagi qoidalarni kiritishga imkoniyatini yaratdi :

1.Ekologik monitoring ma’lumotlarining ishonchliligi;

2. Doimiylik, davriylikva yangilanish;

3. Obyektivlik;

4. To‘liqlik, har tomonlamalik va komplekslilik;

5. Ekologik monitoring ma’lumotlariga davlatmulkchiligi, ya’ni

bunday ma’lumotlar davlat mulkiekanligi;

6. Ekologik monitoring o‘tkazish usullarining ilmiyligi ;

7. Oshkoralilik;

8. Ekologik monitoring sohasidagi xalqaro- huquqiy xamkorlikdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiq-lashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishilganobyektlarda o‘tkaziladigan tuproq, oqova va yerusti suvlari hamda atmosfera havosiifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazishdanmaqsad,O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi va ifloslantiruvchi moddalarni atrof-tabiiy muhitgabelgilangan me’yorlarda tashlanishi ustidan kuzatuv o‘tkazish, atrof-muhit ifloslanishi bazasini shakllantirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatishdan iboratdir.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazish

  • Namunalar olishdan oldin hududning aerodinamik parametrlari, atmosfera havosining harorati, bosimi va boshqa jihatlarini asbob-uskunalar bilan o‘lchovdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash;
  • Ifloslaniruvchi manba joylashgan sex yoki bo‘limning texnologik jarayoni ekologik nuqtai nazardan o‘rganishda chang-gaz tozalash qurilmalariga tortilgan aspiratsiya sistemalarini ko‘rib chiqish;
  • Chang-gaz tozalash qurilmalari bilan jihozlangan ifloslantiruvchi manbalarning chang-gaz tozalash qurilmalari samaradorligini baholash maqsadida changlarni qurilmaga kirish va chiqish joylaridan namunalar olishdan iborat bo‘ladi.
  • Oqova suv tozalash inshoatiga kelayotgan suvlarni haqiqiy miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
  • Inshoatning texnologik qurilmalarining holati, kanalizatsiya nasos stansiyasi tarkibiga kiruvchi panjara qurilmasi holati, tozalash inshoatiga oqovalarni kirish joyida suv namuna-larini olish;
  • Qum tutgich qurilmasi, birlamchi va ikkilamchi tindirgilarni, aeratsiya hovuzlarining holatini o‘rganish va gidrobiologik tahlillar uchun namunalar olish;
  • Illarni to‘plash maydonchasida hosil bo‘ladigan sizindi suvlarni hovuz osti kuvurlari orqali nasos stansiyasiga qaytarilayotganligini aniqlash;
  • Xlorlash bo‘limida oqavalarni xlorlash holativa tozalangan oqova suvlardagi qoldiq xlor miqdorini inshoatning laboratoriyasida tahlil qilish yo‘li bilan belgilangan me’yorlarga mosligini aniqlash;
  • Suv tozalash inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suvlardan hamda tozalovdan o‘tganva ochiq suv havzasiga tashlanayotgan oqova suvni qo‘shilishidan so‘ng (quyi) suv namunalarini olishdan iboratdir.
  • Monitoring o‘tkaziladigan hududdagi tuproqning tashqi holatiga baho berish;
  • Tuproq namunasi olayotgan xududda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarining nomlarini daftarda qayd qilish;
  • Tuproq ifloslanishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan kimyoviy tahlil uchun ikki usulda tuproq ifloslangan qismidan konvert usulida kompleks namunalar olish;
  • Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish dinamikasini o‘rganish uchun obyekt chegarasidan shamol yo‘nalishibo‘yicha aniq masofalardan tuproq namunalarini olish ;
  • Monitoring o‘tkazilayotgan obyektlardannamunalar olingandan so‘ng tegishli tartibda dalolatmoma tuzish, namuna olish jarayonida ishtirok etgan boshqarma xodimlari va monitoringda ishtirok etgan korxona xodim (lari) hamda rahbar tomonidan imzolanadi.

Yer osti va ustihamda oqova suvlarni monitoring va tahlil qilish sektori.

Oqova suvlar va suv havzalari monitoringini o‘tkazish :

Suvlarni ifloslovchi manbalar quyidagiturlarga bo‘linadi :

1.Qishlok ho‘jaligi xisobidan chiqqan oqava suvlar.

2.Ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan oqavalar, butunlay tozalanmayjigan okova-

suvlar.

Tabiiy ifloslangan suvlar. Sel vaktidagi va yog‘in sochinlardan

hosil bo‘ladigan oqava suvlar.

4.Zilzila va magmatik holatdagi okava suvlar va hokazolar.

Kanalizatsiya tarmog‘iga ifloslanganoqova suvlar lokal oqova suvlarnitozalash inshoatlari qo‘yiladi. Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi mexanik, fiziko-mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi. Tozalash inshoatlariningaerotenk, metantenk, oksitenk, biologik xovuzlar, mexanik turlarimavjud.

Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvi

tarkibinig minerallashish kursatkichlari (mg/l).

(2012-2017 yy.)

Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvi

tarkibidagi mis ionlari miqdori (mg/l). (2012-2017 yy.).

Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvi tarkibidagi

nitrit ionlari miqdori (mg/l). (2012-2017 yy.).

Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvi tarkibidagi

nitrat ionlari miqdori (mg/l). (2012-2017 yy.).

Navoiy viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi suvining

qattiqlik darajasi (mgekvl/l). (2012-2017 yy.).

Tuproqresurlarini muhofaza qilish sektori.

Tuproq ifloslantiruvchi manbalar monitoringi o‘tkazish :

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgust 273-son ”2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”ga QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2002 yil 3 apreldagi 111-son qaroritalablariniamalga oshirish maqsadida,Navoiyviloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atrof- muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 377-son qarori asosidaviloyat hududida Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha -20 ta, suv va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha- 7 ta, tuproq iflosanishini muhofaza qilish bo‘yicha-11ta obyektlarda monitoring ishlarni olib boradi.

Atmosferahavosiniifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashining ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarida korxonalarningichki ekoanalitik tahlil laboratoriyalari bilan hamkorlikda, (NOx, SO2 NH3, SO, Noorganik chang, sirka kislotasi, qo‘rg‘oshin,Fosfor angidridi, ifloslantiruvchi gazlarning tarqalish tezligi, Benzin (Kerosin yoki uayt spirt), Vodorod sianid, Fenol, Uglevodorod yoki uglerod oksidlari, avtotransportlardan chiqadigan tutun miqdori, sulfat kislotasi aerozoli, Vannadiy 5 oksidi, Temir, Oltingugurt ikki oksidiga namunalar olinib,tahlilishlariolibboriladi.

Oqava suvlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan:

  • Zarafshon daryosi, Kollektorlar Markaziy, Mirza Mo‘min, Beshkent, Sanitarniy.
  • Suv omborlar: Quyimozor, To‘dakul, Aydar-Arnasoyko‘llartizimi.
  • “Navoiazot “AJBXOsuv tozalash inshoati vaUchquduk suv tozalash inshoati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 03 fevraldagi №11 sonli qaroriasosida150 ta obyektdan oqava suvlar olinib tahlil ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 21 oktyabrdagi № 401 sonli “Zarafshon daryosining sanitar epidemiologikva ekologik holatini yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori asosida daryoning namuna olinadigan joylaridan namunalar olinib tahlil ishlari olib boriladi.

Tuproq ifloslanishini nazorat qilish bo‘limida 11 ta obyektlardan tuproq namunalari olinib, tahlil ishlari olib boriladi.

Tuproq ifloslantirish manbalari joylashgan hududlarda (Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2006 yil 11 martdagi 06-01-01-son qarori bilan tasdiqlangan, 2006 yil 6 maydagi 1573-son bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar faoliyatini tekshi-rishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 4-ilovasiga muvofiq monitoring olib borilmoqda. Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar joylashgan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi omillar o‘z vaqtida aniqlanmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan samarali ekologik nazorat olib borilmoqda. Monitoring natijalari bo‘yicha yer ifloslanishining oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish va amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va aloqador xo‘jalik yurituvchi subyektlarni axborot bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Monitoring dasturining 2-6 ilovalaridagi ro‘yxatga muvofiq quyqato‘plagichlar, xom ashyo chiqindixonalari, sanoat chiqindilari joylashgan, zaharli moddalar ko‘miladigan maxsus’hudud, maishiy chiqindilar to‘planadigan hududlar tuproq-gruntni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini olib borilib, chiqindilar va zaharli kimyoviy moddalar qoldiqlari bilan atrof muhit ifloslanishi, ushbu hududlarda atrof muhit holati monitoringi tizimini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sanoat va iste’mol chiqindilar va zaharli kimyoviy moddalar ko‘miladigan joyning atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun manfaatdor tomonlarni axborot bilan ta’minlash, insonlar salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish uchun monitoring ma’lumotlari bilan ta’minlash, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha hududiy sxemalar ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Metrologiya va standartlashtirish sektori.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshkarmasi Atrof muhitni monitoring qilish bo‘limi “Metrologiya va standartlashtirish” sektoritomonidan 2017 yilning o‘tgan davri maboynida boshqarma “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi” tomonidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatinimuvofiqlashtiruvchiRespublikaKengashining 2016 yil 29 noyabr№1 sonli xatiga asosanro‘yxatga kiritilganobyektlardainstrumental tahlil ishlari olib borish maqsadida asbob-uskunalarning holati bo‘yicha2017 yil aprel oyidao‘zaro O‘zbekiston RespublikasiUzstandart “Agentligi” Navoiy viloyat bo‘limibilan“O‘lchov asbob-uskunalarni doimiy davlat qiyoslovidan o‘tkazish”Reja–jadvaliga asosan asbob-uskunalariDavlat qiyoslovidan o‘tkazildi.

2018yil aprel oyida Respublika Uzstandart “Agentligi” tomonidan SRP-88 uskunasi, Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi tomonidan qiyoslovdan o‘tkaziladigan Aspirator, Ionomer (rNV-5), Gazanalizator “MЕTA”, Mikromanometr MMN-2400s, Psixrometr VIT-2, Elaklar jamlanmasi hamda Elektron tarozi (1000g) uskunalariqiyoslovdan o‘tkazildi.

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi tomonidan qiyoslovdan o‘tkaziladigan 27 ta asbob-uskunalar ruyxatitalabnoma asosida ro‘yxati taqdim etildi.

Navoiy standartlashtirish va metrologiya boshkarmasi bilan Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshkarmasi Atrof muhitni monitoring qilish bo‘limi (laboratoriya)ga tegishli me’yoriy xujjatlar aktualizatsiyadan o‘tkazildi.

Shunindek, Navoiy viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Sog‘likni saqlash vazirligi va ichki ishlar Vazirligi hamkorlikdagi 1996 yil 31-martdagi № 12/79/137–sonli qo‘shma buyrug‘ini ijrosini ta’minlash hamda avtotransport vositalarining dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarni atmosfera havosiga tashlanishini me’yorlashtirish maqsadida viloyathokimining 2017 yil 17 apreldagi F-32-sonli farmoyishi hamda Navoiy viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2018 yilmart oyidagi buyrug‘i asosida viloyatda10 apreldan10 maygacha “Toza havo” tadbirinig 1-bosqichi va 10 avgustdan 10 sentyabrgacha “Toza havo” tadbirining 2-bosqichio‘tkazildi. Viloyat teleradikompaniyasi muxbirlari bilan hamkorlikda ko‘rsatuvlartayyorlanib efirga uzatildi.

“Toza havo” tadbirining 1-bosqichini samarali o‘tkazishmaqsadidabarcha tuman va shaxarlar bo‘limlari inspektorlari soz holdagi tutun o‘lchov uskunalari bilan to‘liq ta’minlandi. Avtoyo‘llarida jami 11 tako‘chma ekopostlar tashkil etilgan bo‘lib, tadbirning 1-bosqichi davomida postlarda 7750 ta, avtokorxonalarning kirish chiqish joylarida 3000 ta avtotransport vositalarining chiqindi gazlari miqdori o‘lchanishi belgilangan.