Ultimate magazine theme for WordPress.

“Biz yoshlar Ona tabiat posbonlarimiz” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12 aprelida, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 36-sonli maktabida “Biz yoshlar Ona tabiat posbonlarimiz” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Qiziltepa tumani bo‘yicha ma’sul xodimlari, O‘zbekiston ekologik harakati Navoiy hududiy bo‘linmasiva uning “Yoshlar qanoti ” faollari, Qiziltepa tumani 36-sonli maktabio‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.Ekologik bilim yoshlarningatrof-muhitdagi tirik tabiat tuzilishi, yerning tirik qobig‘iqanday ishlashi, biosfera faoliyati xaqidagi bilimlardir.

Bu bilimlar odamlar o‘zlarining hozirgi va kelgusidagi biosfera bilan qanchalik uzviybog‘langanini, tabiatni muhofaza etish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va har bir insonda atrof — muhit xolati uchun mas’ullik hissini tarbiyalash, hayvonot va o‘simlik olamini asrash obyektivzarurat ekanini tushunib yetishlarining muhim sharti hisoblanadi.

Tabiatni asrash masalasi dolzarbligi va u yosh tanlamasligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Maktabda bo‘lib o‘tgan davra suhbati yoshlarning tabiatni asrash sohasidagi qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.