Ultimate magazine theme for WordPress.

Boshqarma haqida

Viloyat tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir.

Viloyat tabiatni muhofaza qilish boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagidan iborat:

-viloyatda tabiiy resurslarni, atmosfera havosini, yer osti va yer usti suvlarini, yerlarni ifloslanish va qashshoqlashishidan muhofaza qilish, o‘simlik va hayvonot dunyosi xilma-xilligi saqlab qolishini ta’minlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash;

-atrof-muhitning ekologik holati qulay bo‘lishini ta’minlash, viloyatda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

-tabiatni muhofaza qilish faoliyatini idoralararo boshqarish;

-tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash sohasida yagona ilmiy texnik siyosatni amalga oshirish;

-viloyat o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish.