Ultimate magazine theme for WordPress.

Boshqarma yoshlari

Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi tizimida 43 nafar yosh yigit-qizlar faoliyat ko‘rsatib, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. So‘nggi yillarda boshqarmaga yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Shu yilning bir 2020 yil davomida 15 ga yaqin yigit-qiz ishga qabul qilindi. Shuningdek, Boshqarma tomonidan 2021 yil uchun ishsiz yoshlar (18-30 yosh) bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli reja ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda yigit-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Bugun yurtimizda nafaqat fuqarolar orasida ekologik madaniyatni oshirish, balki sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.