Ultimate magazine theme for WordPress.

Chiqindi to‘plash shохobchalari tadbirkorlarga biriktiriladi

Endilikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutildi. 2018-yil 1-avgustdan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida chiqindi to‘plash shoxobchalarida lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi. Shuningdek, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berish faqat tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.

Manba:http://uznature.uz/uz/node/3338