Ultimate magazine theme for WordPress.

Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 368-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2017 yil 4 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyalarining namunaviy Nizomini tasdiqlash haqida”gi 76-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash hamda Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining faoliyatini tashkil etish maqsadida, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining Nizomi ishlab chiqildi va boshqarma boshlig‘ining 2017 yil 11 iyuldagi №101-P sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Inspeksiyaning ish faoliyati ushbu Nizom talablari asosida tashkil qilinib, shtat birliklari malakali va oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘liq shakllantirildi va inspektorlarining lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. (Viloyat inspeksiyasida 6 ta, tumanlarda 27 ta xodim faoliyat olib bormoqda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining 2017 yil 17 avgustdagi №03-02/1-69-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, boshqarma boshlig‘iniing 2017 yil24 avgustdagi №123-sonli buyrug‘i chiqarildi. Ushbu buyruqqa asosan Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining viloyat, shahar va tuman inspektorlari 4 ta sektorlarga biriktirildi.

Viloyatning tuman (shaharlar)iga ishlarni samarali va tizimli tashkil etish maqsadida har bir sektorda inspektorlar tomonidanbajarilayotgan ishlar nazoratga olinib, kunlik ma’lumotlar umumlashtirib borilmoqda.

Inspeksiya xodimlari tomonidan 2018 yil 2 martgacha viloyat aholisi o‘rtasidaatrof-muhit ozodaligini saqlash, ekologik-xuquqiy ongni oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirishmaqsadida har bir tuman mahallalarida, ta’lim muassalari, maktabgacha ta’lim muassasalarida va korxona-tashkilotlarda 83 marta seminar yig‘ilishlari o‘tkazildi va seminar yig‘ilishlar hamda aholiga keng miqyosda tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

Viloyatning har bir shahar va tumanlarida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2915-sonli hamda 2017 yil 21 apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-2916-sonli Qarorlari mazmun mohiyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berilib, ma’sul mutasaddi xodimlarga bajarilish lozim bo‘lgan ishlar ketma-ketligi to‘g‘risida topshiriqlar berilmoqda.

Tashkil etiladigan seminar yig‘ilishlar davomida shuningdek targ‘ibot-tashviqot ishlarida mavzu yuzasidan ijtimoiy-devoriy suratlar, flayer, broshyuralar kabi tarqatma materiallardan keng foydalanib kelinmoqda.

Viloyatimiz aholisining chiqindilarga bo‘lgan munosabati mavzusidagi 2018 yil 29 mart holatiga 3 marta ko‘rsatuvlar8 marta radioda, 9 marta bosma nashrlar orqali keng va atroflicha yoritilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, inspeksiya inspektorlari tomonidan xududlarda muntazam reyd tekshirishlari o‘tkazilib, aholi yashash joylari va korxonalarda joylashtirilgan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash, ularni bartaraf etish, aybdorlarni aniqlash va vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha tizimli va dasturli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tel.770-33-51