Ultimate magazine theme for WordPress.

Daryolar toshqinlarga qanday tayyorlanadi

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Daryo o‘zanlarini tozalash, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda toshqin suvlari va sel oqimlarining O‘zbekiston Respublikasining ochiq suv oqimlari bo‘ylab xatarsiz o‘tishini ta’minlash uchun himoya ishlarini olib borish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyiha suv oqimlari o‘zanlarini tozalash va ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini tartibga soluvchi nizomni o‘z ichiga olgan. U Prezidentning 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.