Ultimate magazine theme for WordPress.

Diqqat! Diqqat! E’LON!

O‘zbekistonda XVI Ekojurnalistika Respublika tanlovi

Ekologiya sohasida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning malakasini oshirish, atrof-muhit va uning muhofazasidagi muammolarni yoritishda OAVni rolini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda 16 yildan buyon Ekojurnalistika Milliy tanlovi uzluksiz o‘tkazilib kelinmoqda.

2017-2018 yilllarda Ekojurnalistika Respublika tanlovi O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘miatsi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Ekoforumi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tanlovga 2017 yilning 1 mayidan 2018 yilning 1 mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan va efirga uzatilgan ijodiy ishlar taqdim etiladi. Milliy tanlov shartlariga asosan “Televideniye”, “Radio”, “Bosma OAV”, “Internet” yo‘nalishlarida va“Suv – bu hayot” mavzuida maxsus nominatsiya bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi, www.parliament.gov.uz,www.fundngo.uzwww.eco.uzwww.uznature.uzwww.ngo.uzwww.ecoforum.uz veb sahifalari Ekojurnalistika Respublika tanlovining axborot ko‘makchilaridir.

Tanlovga ijodiy ishlar 2018 yilning 20 aprelidan 2018 yilning 20 mayiga qadar O‘zbekiston ekologik harakatida (manzil: Toshkent shahri mustaqillik ko‘chasi 59 uy) elektron shaklda info@eco.uz orqali qabul qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:

0371 230-41-53, e-mail: info@eco.uz