Ultimate magazine theme for WordPress.

DIQQAT TANLOV!!!

Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan rasmlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda atrof-muhit muammolari yoki ularning yechimlarini o’zida aks etgan ijodiy rasmlar (chizilgan) qabul qilinadi.
G’oliblar kanalda ovoz yig’ish orqali quyidagi 3 guruh doirasida aniqlanadi:
💠1-4 sinf
💠5-8 sinf
💠9-11 sinf
Yuboriladigan ijodiy ishga qo’yiladigan talablar:
☝️ Rasm mazkur tanlov uchun maxsus chizilgan bo’lishi shart (boshqa tanlovlarga ishtirok etmagan bo’lishi kerak)
☝️Rasm yuziga «5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» yozuvi bo’lishi kerak
☝️ Rasmga izoh. Qaysi muammo/yechim tasvirlanyapti? U haqida nimalar bilasiz? (20-40 so’z)
☝️ Ishtirokchining ism familiyasi, aloqa nomeri, sinfi, maktabi va hududi

🤩Ovoz yig’ish 10-iyun kuni 18:00 ga qadar davom etadi. G’oliblar 10-iyun kuni bot tomonidan avtomatik aniqlanib, e’lon qilinadi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

⏳ Ijodiy ishlarni qabul qilish muddati:
31.05.2021-10.06.2021
📬Ijodiy ishlarni qabul qilish manzili: @ContestUz_bot