Ultimate magazine theme for WordPress.

Dunyoda «toza» energiyaga to‘liq o‘tadigan ilk davlat ma’lum bo‘ldi

Ko‘plab mamlakatlar va mintaqalar «toza» hamda qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga o‘tish orqali atrof-muhitni ifloslantiradigan odatiy elektr stansiyalaridan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Birinchidan, bu zararli moddalarning atmosferaga chiqarilishini kamaytirishga yordam beradi, ikkinchidan, ko‘p holatlarda quyosh yoki shamol energetikasi an’anaviyga qaraganda ancha arzon tushadi. Shuning uchun Shotlandiya rasmiylari yaqinda quyosh, suv va shamoldan barcha zarur elektr energiyasini olishi haqida xabar berishdi.

Mintaqa hukumati toza energetikaga o‘tishni, mahalliy korxonalar va xususiy biznesni rag‘batlantirish orqali faol targ‘ib qildi. Bundan tashqari, mahalliy hukumat shamol elektr stansiyalarini qurdi, ularning quvvati hozirda 500 MVt.ga yetadi. Hozirgi vaqtda reja ishlab chiqilmoqda, unga muvofiq stansiyaning quvvati ikki barobarga ko‘payadi.

Ayni paytda mintaqada ishlab chiqarilayotgan energiyaning 60 foizga yaqini «toza» manbalardan olinadi, ulardan foydalanish esa yil sayin arzonlashmoqda, shuning uchun 2020-yilgacha bu yerda elektr energiyasini olishning eski va iflos usullaridan butunlay voz kechish mo‘ljallanmoqda.

Yaqinda shotlandiyaliklarga AQSHning ba’zi shtatlari va Xitoy viloyatlari ham qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Masalan, Kaliforniyada 2045-yilga qadar quyosh energiyasiga to‘liq o‘tish mo‘ljallangan bo‘lsa, Atlantada buni o‘n yil oldinroq amalga oshirish rejasi bor.