Ultimate magazine theme for WordPress.

Dunyodagi eng yirik zaharli o‘rgimchak hayvonot bog‘iga topshirildi

Avstraliya hayvonot bog‘iga kuzatuvlar tarixidagi eng yirik o‘rgimchak Atrax Robustus topshirildi. ScienceAlert! nashrining xabar berishicha, bu o‘rgimchak nafaqat Avstraliya, balki butun dunyo bo‘yicha eng zaharli o‘rgimchak hisoblanadi.

O‘rgimchakning o‘lchami uning oyoqlari uzunligini hisobga olganda 7,8 santimetrni tashkil etadi. Ushbu turdagi o‘rgimchakning odatiy o‘lchami besh santimetrdan oshmaydi. Bo‘g‘imoyoqli Koloss deb nomlandi.