Ultimate magazine theme for WordPress.

Ekoekspertiza

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

EKOLOGIK EKESPERTIZA TO’G’RISIDA

(O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, 5-6, 144-modda)

 

1-modda. Ekologik ekspertiza tushunchasi

 

            Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablariga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro’yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.

 

2-modda. Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlari

 

            Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va ,oshqa qonun hujjatlaridan iborat.

            Agar O’zbekiston respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston respublikasining ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

 

3-modda. Ekologik ekspertiza maqsadlari

 

            Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:

            mo’ljallanayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish no’g’risida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga  muvofiqligini aniqlash;

rejalashtirilayotgan yoki  amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa yoki shunday ta’sir ko’rsatayotgan bo’lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

atrof tabiiy mahitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash.

 

4-modda. Ekologik ekspertiza turlari

           

Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.

 

5-modda. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari

 

            Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

            qonuniylik;

holislik;

asoslilik;

ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;

har qanday rejalashtirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;

xo’jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog’ligiga ta’sirini baholashning kompleksliligi.

 

6-modda. Ekologik ekspertizaning oshkoraligi

 

            Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o’tkazish to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza  tugallangan kundan boshlab biro y ichida uning natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

            Davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon va uning natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo’lgan ob’ektlarning ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.

 

7-modda. Ekologik ekspertiza ekspertining mustaqilligi

 

            Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shahslarning ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.

 

8-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining huquqlari

 

            Ekologik ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:

            ekologik ekspertiza o’tkazish masalalari bo’yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;

            ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza ob’ektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik aydit natijalarini taqdim etish;

            qo’shimcha ekologik ekspertiza o’tkazish to’g’risida iltimos qilish;

            ekologik ekspertiza o’tkazilishining borishi haqida axborot olish.

            Ekologik ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

 

9-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining majburiyatlari

 

            Ekologik ekspertiza buyurtmachisi:

            ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun hujjatlari talablariga mavofiq taqdim etish;

            davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to’lashi;

            davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko’rsatilgan talablarni bajarishi shart.

            Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

 

10-modda. Ekologik ekspertizani moliyalash

 

            Davlat ekologik ekspertizasini df ekologik auditni moliyalash buyurtmachining mablag’lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

            Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

11-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari

 

            Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari quyidagilardan iborat:

            davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarinin, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

            barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini ajratish materiallari;

            loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

            tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq, xo’jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normative-texnik va yo’riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;

            texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

            atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;

            keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar, favqulotda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o’tkazilgan xududlarni kompleks tekshirish materiallari;

            shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;

            maxsus huquqiyrejimli ob’ektlar.

 

12-modda. Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi

 

Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hisoblanadi.

            Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;

            davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o’tkazadi;

            davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik  audit bo’yicha normative-texnik va yo’riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

            davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;

davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisvatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operasiyalarini to’xtatib turish (tugatish) to’g’risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;

davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ekologik ekspertiza o’tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

qonun hujjatlariga mavofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

13-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishning majburiyligi

 

            Ushbu Qonunning  11-moddasida ko’rsatib o’tilgan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazish majburiydir.

            Davlat ekologik ekspertizasi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalarining ixtisoslashgan ekspert bo’linmalari tomonidan o’tkaziladi.

 

14-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishda qo’yiladigan talablar

 

Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishni o’tkazishda:

taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi;

rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligi va to’liqligi tahlil qilinadi;

biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;

rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan ho’jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to’g’riligi tekshiriladi;

ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora tadbirlarning etarliligi va asosliligi aniqlanadi;

ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi.

 

15-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun taqdim etiladigan materiallar

 

            Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

            loyihalashtirilayotgan ob’ektlar bo’yicha – atrof muhitga ta’sir ko’rsatilishi to’g’risidagi nayonot loyihasini, ekologik oqibatlar to’g’risidagi bayonotni, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa atrof muhitga ta’sir ko’rsatilishi to’g’risidagi bayonotni o’z ichiga olgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari;

            ishlab turgan ob’ektlar bo’yicha – ekologik normativlarning loyihalari, ob’ektning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog’lig’iga ta’sir ko’rsatish xollarianiqlangan taqdirda atrof muhitga ta’sir ko’rsatilishi to’g’risida tayyorlangan bayonet. Buyurtmachi qo’shimcha tarzda ekologik aydit materiallarini taqdim etishga haqli;

            ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko’rsatilgan ob’ektlar bo’yicha – tayyorlangan barcha hujjatlar.

            Atrof muhitga ta’sir ko’rsatilishi to’g’risidagibayonot loyihasi davlat ekologik ekspertizasi o’ektini moliyalash boshlangunga qadar taqdim etiladi.

            Atrof muhitga ta’sir ko’rsatilishi to’g’risidagi bayonot davlat  ekologik ekspertizasi ob’ektining teznik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunga qadar taqdim etiladi.

            Ekologik oqibatlar to’g’risidagi bayonet ob’ekt qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olingunga qadar taqdim etiladi.

 

16-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquqlari

 

            Davlat ekologik ekspertizasi eksperti quyidagi huquqlarga ega:

            davlat  ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarni olish;

            davlat ekologik ekspertizasi  uchun taqdim etilgan, qonun hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;

            davlat  ekologik ekspertizasi  ob’ekti bo’yicha alohida fikr bildirish, bu fikr davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga ilova qilinadi.

            Davlat ekologik ekspertizasi eksperti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

 

17-modda, Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining majburiyatlari

           

Davlat ekologik ekspertizasi eksperti:

            davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etishi;

            davlat ekologik ekspertizasi o’z vaqtida, kompleks, xolis,sifatli o’tkazilishini hamda belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlashi;

            davlat ekologik ekspertizasining muayyan ob’ektiga nisbatan shahsiy manfaatdorligi bo’lgan taqdirda o’zini o’zi rad etishi;

            davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan materiallarning but saqlanishini hamda davlat, harbiy xizmat va tijorat siri bo’lgan ma’lumotlarning oshkor qilinmasligini ta’minlashi shart.

            Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

 

18-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining javobgarligi

 

            O’z vazifasini buyurtmachining huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon etkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlik uchun davlat ekologik ekspertizasining eksperti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.

 

19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish muddatlari

            Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish muddati o’ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o’tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi ob’ektining murakkabligiga qarab O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining, raisi tomonidan ko’pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.

 

20-modda. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi

 

            Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo’yicha xulosa tuzilib, u davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro’yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to’g’risidagi yakunlarini o’z ichiga olgan bo’ladi.

 

21-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi

 

            Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro’yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo’lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro’yobga chiqarilishi taqiqlanadi.

            Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro’yobga chiqarish mumkin emasligi to’g’risidagi xulosasi bo’lgan  taqdirda, buyurtmachi xulosasidagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yohud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan ho’jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.

 

22-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining amal qilish muddati

 

            Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektining ekologik talablarga muvofiqligi xususida davlat ekologik ekspertizasining bergan xulosasi berilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida yuridik kuchga ega bo’ladi.

 

23-modda. Jamoat ekologik ekspertizasi

 

            Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi.

            Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilishidan qat’iy nazar amalga oshirilishi mumkin.

            Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega no’ladi/

 

24-modda. Ekologik aydit

 

            Ekologik aydit  —  ekologik ayditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o’tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy  ta’sir ko’rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.

            Ekologok audit ho’jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan o’tkaziladi.

 

25-modda. Nizolarni hal qilish

 

Ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartinda hal qilinadi.

 

26-modda. Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun  javobgarlik

 

            Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda  aybdor shahslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.