Ultimate magazine theme for WordPress.

Ekosertifikatlashtirish

“Boshdavekosertifikat” DUK bosh boshqarmasining Navoiy viloyati filiali vazifalari

“Boshdavekosertifikat” DUK bosh boshqarmasining Navoiy viloyati filiali vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish tizimini doimiy takomillashtirib borish va uning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash;
  • ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirishga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va uning fondini shakllantirish;
  • ekologik sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda sinov laboratoriyalarining bergan ma’lumot va natijalariga tayangan holda ekologik xavfsizlikning me’yor va ko‘rsatkichlariga doimiy rioya etilishini ta’minlash;
  • ekologik sertifikatlashtirish ishlarining to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan tartib “Ichki audit” o‘tkazish va uning natijalariga tayangan holda kamchiliklarni bartaraf etish;
  • ekologik sertifikatlashtirish natijalari sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini to‘liq qamrab olishini ta’minlash;
  • ekologik sertifikatlashtirish ishlarini akkreditatsiya doirasida amalga oshirish;
  • tumanlar va bo‘limlarga hamda murojaat etuvchilarga yetarli ma’lumotlar berish;
  • ekologik sertifikatlarni rasmiylashtirishda labortoriya sinovi natijalari va ekoekspertlar xulosalariga tayangan holda ekosertifikat va xulosalarni rasmiylashtirish;
  • ekologik sertifikatlashtirish natijalarining haqqoniyligini ta’minlash;

Bo‘lim va boshqa “Ekologik sertifikatlashtirish organlari”ni ekologik sertifikat blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash.

“Boshdavekosertifikat” DUK bosh boshqarmasining Navoiy viloyati filiali rahbari

Muqumov Ubaydullo Shirinovich Tel:225-68-22