Ultimate magazine theme for WordPress.

Media materiallar

YOSHLAR ERTANGI KUNIMIZNING EGALARI HISOBLANADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 25-dekabr kuni Yoshlar forumida yoshlarga qilgan murojaati hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan bugun Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig’i Razzokov Ulug’bek Rahmatillayevich rahbarligida viloyat Ekologiya boshqarmasi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv chog’ida kelgusida ekologiya sohasida xizmat qilish mas’uliyati, xodimlarga yuklatilgan vazifalar to’g’risida batafsil malumot berib o’tildi. Boshqarma yoshlari tomonidan 50 ga yaqin takliflar berildi.
Ochiq muloqot yoshlar etakchilari tomonidan taklif, tashabbuslar bilan davom etdi.

Ushbu tashabbuslar boshqarma boshlig’i tomonidan maqullanib, kelgusida etakchilarning mas’uliyatli faoliyatiga omad tiladi.
Boshqarma boshlig’i tomonidan berilgan ko’rsatma va tavsiyalar yoshlarning o’zlariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamladi.