Ultimate magazine theme for WordPress.

“Suv resusrlaridan oqilona foydalanish”

Joriy yilning 15 fevralida, Navoiy davlat konchilik institutida “Suv resusrlaridan oqilona foydalanish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston ekologik harakati Navoiy hududiy bo‘linmasi faollari, maktab o‘qituvchi xodimlari ishtirok etishdi. Global suv hamkorligi tashkiloti quyidagi dalillar asosida suv inqirozlari haqida statistik ma’lumotlar beradi:

— insoniyat butun suv zahiralirining faqat 0.4 % ini foydalana oladilar;

— dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida 2 milliarddan oshiqroq aholi boshida suv yetishmovchiligi muammosi bor;

— har bir ikki yoki undan ortiq mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan 263 ta daryo havzasi mavjud;

— har kuni suv havzalariga 2 million tonnadan ortiq chiiqindi tashlanadi;

— o‘tgan asrning 90-yillarida ro‘y bergan 90% tabiiy ofatlar suv bilan bog‘liqligi suvning insoniyat uchun naqadar muhimligini ko‘rsatib turibdi.

Davra suhbatida talabalar suvni asarash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha tushunchalar olishdi. Bundan tashqari viloyatning Ramsar konvensiyasiga kiritish arafasida turgan To‘dakul va Qo‘yimozor suv omborlari haqida ham axborot berildi. Talabalar o‘zlari qizitirgan savollar bilan faol ishtirok etib ekspert va mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.