Ultimate magazine theme for WordPress.

Suv, yer resurslarini va keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi

1. Suv, yer resurslarini va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb yuritiladi) Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi) markaziy apparatining yetakchi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi (qisqacha nomlanishi “Suvernazorat” bo‘limi).

2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Xay’ati qarorlari, Boshqarma boshlig‘ining qaror va buyruqlari shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

suv, yer, keng tarqalgan qazilma boyliklarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (yer usti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar)ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borash;

6-toifaga mansub bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (yer usti suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan hududlar) davlat kadastrini yuritish;

ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni asliday qaytarish sohasida davlat boshqaruvi;

atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

atrof-muhit muhofazasi ishlarini, yagona tabiatni muhofaza qilish va resurs tejaydigan siyosatni ishlab chiqilishida, shuningdek uni o‘tkazilishida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida idoralararo o‘zaro harakatni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

4. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

yer usti, yer osti suvlari va tuproqlarni ifloslantirish manbalari holati ustidan davlat ekologik nazorati o‘tkazilishini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari, shu jumladan:

ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan ekologik me’yorlari, shuningdek ushbu tashlama va chiqindilarni belgilangan me’yorlargacha pasaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarni;

yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;

foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindi xonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va axlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof-muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablari;

o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablari;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;

suvni muhofaza qilish obyektlari, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;

atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlab qolish va asliday qaytarish dasturlari va harakatlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishi;

suv resurslaridan foydalanilishi, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va rejimiga, ularni ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek suv obyektlariningqirg‘oq bo‘yilarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlari;

yer egalari va yer uchastkalari foydalanuvchilari tomonidan tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi;

vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;

keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish ishlarini rejalashtiradi;

atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni asliday qaytarilishini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi va ushbu mexanizmni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

resurs tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsiyaviy texnologiyalarni keng va har yerda joriy qilish, xo‘jalik faoliyatining atrof-muhitga noqulay ta’sirini pasaytirish va oldini olish, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;

o‘z vakolatlari doirasida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va malakalarini oshirish ishlari bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini, taalluqligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi va kelishadi;

aloqador hokimliklar va idoralar bilan atrof-muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish holatini tahlil qilish, baholash va bashorat qilish uchun davlat va idoraviy nazorat masalalari bo‘yicha o‘zaro harakat qiladi;

atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi natijalarini tahlil qiladi hamda tuzilmaviy bo‘linmalarning suv resurslari va yerlar holatining sifat o‘zgarishlari dinamikasi masalalaridagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan obyekt va inshootlarni qabul qilish va ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida ishtirokni, shuningdek xo‘jalik faoliyatining barcha turlariga yer uchastkasini berish materiallari kelishuvinitashkillashtiradi,

ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida, taalluqligiga ko‘ra, dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikning kengayishiga ko‘maklashadi, atrof-muhit muhofazasi borasidagi faoliyatda, jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;

boshqa maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda, ekologik nazorat sohasida, ekologik nazorat jamoat inspektorlarining maxsus tayyorgarligini tashkillashtirishda ishtirok etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi ijroiya hokimlik organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, atrof-muhit holati, mavjud ifloslanishlar va boshqa zararli ta’sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlarning yagona respublika bazasini shakllantiradi va yuritadi;

ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy tashlamalari me’yorlarini ko‘rib chiqadi;

atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lovchilarini qamrab olish masalalari bo‘yicha tarmoq bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’moli uchun ruxsatnomalar, chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadlarida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ularning hisobini yuritish;

tarmoq bo‘linmalarining davlat ekologik ekspertizasi xulosalari bajarilishi monitoringini o‘tkazish borasidagi faoliyatlari nazorati va muvofiqlashtiruvini amalga oshiradi;

yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

Navoiy viloyat statistika qo‘mitasi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantirish manbalari va ularning atrof-muhitga zararli ta’sirlarining (fizikaviylaridan tashqari) hisobini amalga oshiradi;

Tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan (tabiatdan maxsus foydalanish) tabiatdan foydalanish hamda atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash va boshqa zararli ta’sirlarning (fizikaviylaridan tashqari)hisobi yuritilishi ustidan nazorat ishlarini, shuningdek, Navoiy viloyat statistika boshqarmasi bilan birgalikda ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha davlat statistika hisobotlari haqqoniyligiga rioya etilishi bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi;

ekologik tarbiyani tashkillashtirishda ishtirok etadi va tarmoq bo‘linmalari inspektorlik tarkibi malakasini oshirish kurslarini tashkillashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning boshqarma vakolat doirasiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

jismoniy va yuridik shaxslarga, qonunchilikda belgilangan tartibda, axborot va maslahat ko‘magini ko‘rsatadi;

Bo‘lim tizimi rahbar va mutaxassislarini shahodatlashdan o‘tkazilishida ishtirok etadi;

taalluqligiga ko‘ra, xalqaro hamkorlikda qatnashadi.

Bo‘limga qo‘yilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlari orqali amalga oshiradi.

Bo‘limga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi..

5. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga qo‘yilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishi yuzasidan boshqarma rahbariyatiga takliflar kiritish;

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqarma tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalardan, boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Bo‘limning vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni davlat statistika organlaridan qo‘mita orqali bepul asosda olish;

idoraviy va statistik hisobotlar shakllarini takomillashtirish borasida takliflar tayyorlash va kiritish va tasarrufdagi tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi statistik va idoraviy hisobotlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish, tashkil etish va yuritilishini amalga oshirish;

atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun (ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va chiqindilarni joylashtirganlik, kommunal kanalizatsiya tizimlariga ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan me’yorlardan ortiqcha tashlaganlik) kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitoblarining to‘g‘riligini tekshirish;

boshqarma rahbariyatiga jamoat, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlarni, idoralararo ekspertlik komissiyalarini tashkil etish haqida takliflar kiritish, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi muammolari bo‘yicha yig‘ilishlarni tashkillashtirish, shuningdek atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar, hududiy kompleks sxemalarini, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda, ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari, oliy o‘quv muassasalari, yuridik va jimoniy shaxslarni belgilangan tartibda jalb qilish;

yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan tabiiy resurslarni ifloslantirish, ularga zarar yetkazish, kamayib ketishi va nooqilona foydalanish natijasidaatrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilganlik uchun zararni qoplash yuzasidan belgilangan tartibda da’volar qo‘yish;

qonunchilikda belgilangan tartibda, favqulodda vaziyatlar, epidemiya va fuqarolar hayotiga boshqa aniq tahdid paydo bo‘lishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi zaruriyati munosabati bilan, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, vaqtincha to‘xtatish haqida qarorlar qabul qilish;

atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, tugatish va (yoki) sohasini o‘zgartirish haqida, shuningdek atrof-muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqida arizalar bilan sudga murojaat qilish;

o‘z vakolatlari doirasida, belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish;

qonunchilikda belgilangan holat va tartibda, mansabdor shaxs va fuqarolarga jarimalar solish;

tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik uchun mansabdor va jismoniy shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga taqdimnomalar kiritilishini tashabbus qilish;

atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarruflaridagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari (oqizmalari) ustidan uzluksiz nazorat vositalari bilan jihozlangan punkt(post)larni tashkil etishlarini, bunday punkt(post)lar ishi ustidan muntazam nazorat amalga oshirishlarini, ushbu punkt(post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishlarini qo‘mita rahbariyati bilan kelishgan holda, talab qilish huquqiga ega.

Boshqarma rahbariyatining topshirig‘iga binoan hokimiyat va boshqa organlar, muassasalar majlislari hamda yig‘ilishlarida qatnashish;

zarurat bo‘lganda boshqarmada ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar 
va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish.

Tekshirish (inspeksiya) o‘tkazish doirasida:

tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarining yuridik va jismoniy shaxslar obyektlariga belgilangan tartibda kirishga;

yuridik va jismoniy shaxslarga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilganligini bartaraf etish haqida yozma majburiy ko‘rsatmalar berishga;

qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirishga haqli.

6. Bo‘limda yuklangan vazifalarning to‘liq hajmda bajarilishi uchun:

tegishli hokimliklar va idoralardan, hududiy inspeksiyalvrdan tegishli ma’lumotlar oladi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ma’lumotlar tayyorlaydi va boshqarma rahbariyatiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
va farmoyishlari ijrosini ta’minash yuzasidan bo‘limga boshqarma boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarini o‘z vaqtida ijrosi ta’minlaydi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va xatlar bo‘yicha masalalarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi ta’minlaydi.

8. Boshqarmaning faoliyati “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2915-sonli qarori, shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 maydagi 310–sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, Qo‘mitadagi Ichki mehnat tartibi qoidalari, Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, boshqarma boshlig‘i buyruqlari va topshiriqlari, shuningdek Boshqarmaning yarim yillik va yillik ish rejalari, bo‘limning yarim yillik ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Bo‘limning ish rejalari boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

9. Bo‘lim boshlig‘i:

Bo‘limning foaliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;

Bo‘limdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Bo‘lim mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi:

Bo‘lim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Boshqarma buyruqlariga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof-muhit muhofazasi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etadi;

Bo‘lim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda intizomiy jazoga tortish to‘g‘risidagi takliflarni boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi.

Boshqarmaning “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga amal qiladi;

Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasiniBo‘lim bosh mutaxassis bajaradi.

10. Bo‘limning bosh mutaxassisi:

Bo‘limdagi yetakchi mutaxassis va 1-toifali mutaxassisga ishni taqsimlab beradi, ularning vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;

Bo‘lim Hay’at yig‘ilishlariga materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish borasidagi Idoralararo komissiya va guruhlarning yig‘ilishlariga materiallar tayyorlaydi va uning yig‘ilishlarida ishtirok etadi;

Suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilishga doir tahliliy materiallar tayyorlaydi va Boshqarma rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;

xokimlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini taalluqligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha takliflar kiritadi;

korxona va tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritadigan xodimlarining, suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish davlat inspektorlarining malakalarini oshirishda ma’ruzalar qiladi va suhbatlarda ishtirok etadi;

Bo‘limning atrof-muhit muhofazasi borasidagi milliy hisobotlari, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

Boshqarma rahbariyatining ko‘rsatmalariga muvofiq, xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari vakillari ishtirokida suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilishga doir mavzularda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

Boshqarma buyruqlariga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof-muhit muhofazasi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etadi.

Boshqarmaning “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga amal qiladi;

Bo‘limning faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni amalga oshiradi.

11. Bo‘limning yetakchi mutaxassisi:

o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlaydi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular bo‘yicha Suvernazorat boshlig‘iga ma’lumot taqdim etadi va zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘iga axborot beradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

“Suvernazorat” bo‘limining ishlari holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, boshqarmaning majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

boshqarmaning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyish loyihalarini tayyorlash yuzasidan tegishli tashkilotlar hokimliklar, olimlar va mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ishtirok etadi;

Boshqarma buyruqlariga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof-muhit muhofazasi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etadi;

Boshqarmaning “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga amal qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

12. Bo‘limning 1-toifali mutaxassisi:

Suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish borasidagi Idoralar komissiya va guruhlarning yig‘ilishlariga materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilishga doir tahliliy materiallar tayyorlashda va boshqarma rahbariyatiga tegishli takliflar kiritishda ishtirok etadi;

hokimliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini taalluqligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha takliflar kiritadi;

korxona va tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritadigan xodimlarining, suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilish davlat inspektorlarining malakalarini oshirishda ma’ruzalar qiladi va suhbatlarda ishtirok etadi;

bo‘limning atrof-muhit muhofazasi borasidagi milliy hisobotlari, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

bo‘lim rahbariyatining ko‘rsatmalariga muvofiq, xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari vakillari ishtirokida suv, yer resurslarini, keng tarqalgan qazilma boyliklarini muhofaza qilishga doir mavzularda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;

Boshqarma buyruqlariga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan atrof-muhit muhofazasi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etadi;

Boshqarmaning “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga amal qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.