Ultimate magazine theme for WordPress.

“Yangi O‘zbekiston istiqboli uchun mas’ulmiz” va “Mustaqillik-buyuk ne’mat”

Joriy yilning 25-iyun kuni Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston istiqboli uchun mas’ulmiz” va “Mustaqillik-buyuk ne’mat” mavzularida maʼnaviyat soati bo‘lib o‘tdi.   Maʼnaviyat soatini Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari X.Baqoyev so‘zga chiqib ochib berdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi Sultonmurod Choriyevich maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya yetilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maʼruza  qildi.

Maʼnaviyat sotini davom ettirish  uchun Navoiy shahar 2- umumiy o‘rta ta’lim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasimov Oybek “Yangi  O‘zbekiston istiqboli uchun mas’ulmiz” va “Mustaqillik-buyuk ne’mat” mavzularida maʼruza qildi. O‘z maʼruzasida  Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan bugungi kunda biz uchun bebaho ne’mat bo‘lgan mustaqillikning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda.O‘tgan davr biz uchun g‘oyat muhim bir haqiqatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin. Faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar ochibberadi.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i maslahatchisi    X.Xursanova