Ultimate magazine theme for WordPress.

Yoshlar siyosati to‘g‘risida

Yoshlar siyosati to‘g‘risida

Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

– ochiqlik va shaffoflik;
– yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
– yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
– ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
– yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
– yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
– yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;
– yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
– yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
– yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
– yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
– iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
– yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
– yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.